Savollaringizga javob oling

Koʻp beriladigan savollar

Mazkur sahifada Justy.Uz tizimi haqida asosiy ma’lumotlarni topishingiz mumkin.

Justy.Uz bilan tanishing

Justy.Uz – ijtimoiy tarmoq shaklida yaratilgan va yuristlarni bitta hamjamiyatga birlashtiradigan elektron tizim. Bu yerda foydalanuvchilar professional va shaxsiy aloqalarni oʻrnatish, oʻz malakasini tasdiqlash va oshirish, qonunchilikdagi yangiliklarni kuzatib borish, ish qidirish va kadrlarni topish, zarur boʻlgan tovar va xizmatlarni sotib olish va sotuvga qoʻyish kabi innovatsion yechimlar jamlangan.

Taniqli yuristga aylanish, hamkasblar va potensial ish beruvchilar orasida yuqori hurmat-ehtiromga ega boʻlishni istasangiz, Justy.Uz da faol boʻlib, yutiqlaringiz va fikrlaringiz bilan tez-tez ulashing.

Justy.Uz foydalanish oson va qulay. Tizimga kompyuter, planshet va mobil telefon orqali kirib, foydalanish mumkin. Mobil ilovasi ham mavjud.

Ayrim funktsiyalar va ma’lumotlar faqat roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar uchun ochiq boʻladi.

Barcha foydalanuvchilar Justy.Uz dan bepul foydalanishi mumkin.

Justy.Uz dan 18 yoshga toʻlgan shaxslar foydalanishi mumkin.

Justy.Uz dan Oʻzbekiston Respublikasi boʻylab va xorijiy mamlakatlarda ham foydalanish mumkin.

Ha, agarda bu shaxs tizimda roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa, uni «Odamlar» boʻlimida familiya yoki ism boʻyicha qidirish mumkin.

Justy.Uz dan foydalanishni boshlash

Justy.Uz dan foydalanish uchun elektron pochtadan foydalangan holda roʻyxatdan oʻtish zarur.

Roʻyxatdan oʻtish bilan bogʻliq maydonlarni to‘ldirib «Roʻyxatdan oʻtish» tugmasini bosganingizdan soʻng elektron pochtangizga akkauntni faollashtirish uchun havola keladi. Ushbu havola boʻyicha oʻtib «Faollashtirish» tugasini bossangiz, akkaunt yaratilishi muvaffaqiyatli tugaydi.

Tizimga roʻyxatdan oʻtish paytida tanlangan login va parol bilan kirishingiz mumkin.

Tizimga kirganingizdan soʻng chap panelida ismingizga bossangiz, profilingiz ochiladi.

Rasmingizni oʻzgartirish fotoapparat shaklidagi tugmasi orqali amalga oshiriladi.

Boshqa ma’lumotlarni tahrirlash akkaunt menyusining «Profil» tugmasi orqali amalga oshiriladi.