O‘zbekistonda vodorod energetikasi sohasi qonunchiligini takomillashtirishning ayrim masalalari
Maqolada vodorod energetikasining mohiyati va ahamiyati, bu boradagi davlatimiz olib borayotgan siyosat, shuningdek, energetika tizimida ushbu energiya manbasining ahamiyati yoritilgan. Mazkur sohani rivojlantirishga oid milliy qonunchilikning hozirgi holati hamda uni takomillashtirish istiqbollariga doir huquqiy masalalar ilmiy-nazariy nuqtayi nazardan tahlil etilgan hamda bu borada mualliflik takliflari ilgari surilgan. Vodorod energiyasi masalasi yuzasidan eng ilg‘or xorijiy tajriba o‘rganilib, mamlakatimizda uni rivojlantirish hamda bu boradagi amaldagi qonunchilikni takomillashtirishga oid taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqilgan. Shuningdek, mazkur sohada vodoroddan yonilg‘i sifatida foydalanishni yo‘lga qo‘yishning afzalliklari to‘liq ochib berilgan. Bu esa, o‘z navbatida, ushbu energiya manbasining taraqqiy etishiga zamin yaratadi. Mazkur elementning juda ko‘p miqdorda ishlab chiqarilishi va boshqa uglevodorodlardan ancha qimmat hisoblanishi haqida fikr yuritilgan. Qolaversa, ushbu sohada ekologik masalalarni hal etish zaruratining ahamiyati tadqiq etilgan.
Other Books From - 12.00.06 - Tabiiy resurslar huquqi. Agrar huquq. Ekologik huquq
About the author
Orqaga