No Image Available

Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanishga oid normativ-huquqiy hujjatlarning ilmiy-nazariy tahlili

 Muallif: Narzullayev Olim Xolmamatovich  Soha: 12.00.06 - Tabiiy resurslar huquqi. Agrar huquq. Ekologik huquq  Nashriyot: Toshkent davlat yuridik universiteti  Chop etilgan sana: 15.03.2022  Davlat: O'zbekiston  Tillar: Ingliz  Kalit soʻzlar: baliq ovlash qoidalaribiologik xilma-xillikgenetik modifikatsiyalanganhayvonot dunyosihayvonot dunyosi obyektlarikadastrovchilikqonunqushlarsudraluvchilarsuv hayvonlaritabiiy resurslaryovvoyi hayvonlarо‘rmon | More Details  Download
 Tasnif:

Mazkur maqolada hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish bilan bog‘liq yangi qonun hujjatlarini yangi ta’riflar asosida ishlab chiqish, normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish hamda ularni tahlil qilish yuzasidan taklif va mulohazalar bildirilgan. Shuningdek, hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi ekologik huquq nazariyasini yanada rivojlantirishga oid eng muhim masalalar tahlil qilindi. Hayvonot dunyosini huquqiy muhofaza qilish va huquqiy tartibga solish muammolari, tabiat resurslari tizimida hayvonot dunyosining о‘rni va ahamiyati, hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish huquqining kelib chiqishi ilmiytadqiqot doirasida ekologiya huquqi nuqtayi nazaridan о‘rganildi. Hayvonot dunyosi bilan bog‘liq huquqiy munosabatlar, ularni tartibga solishga qaratilgan normalarning mazmuni, amaliyotda qо‘llash mohiyati va muammolari, hayvonot dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish sohasidagi boshqaruv tizimi, boshqaruv organlarining vakolatlari, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlik masalalari tadqiq etildi.


 Orqaga