No Image Available

Fuqarolik sud ishlarini yuritishda advokat ishtirokining protsessual jihatlari

лв0
 Format: Elektron nusxa, Ilmiy maqola  Tur: “Yuridik fanlar axborotnomasi - Вестник юридических наук - Review of Law Sciences” ilmiy-amaliy huquqiy jurnali, 2024-yil 3-son  Muallif: Pirmatov Otabek Shavkatovich  Soha: 12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi  Ta'lim bosqichi: Oliy ta'limdan keyingi ta'lim  Nashriyot: Toshkent davlat yuridik universiteti  Chop etilgan sana: 25.09.2024  Davlat: O'zbekiston  Tillar: O'zbek  Kalit soʻzlar: advokatfuqarolik sud ishlariishonchnomashartnomaviy (ixtiyoriy) vakillikvakillikvakolatlaryuridik vakillik |  Download
 Tasnif:

Mazkur maqolada mamlakatimizda fuqarolik sud ishlarini yuritishda vakillik institute hamda advokatning tutgan oʻrni yoritilgan. Vakillikning qonuniy vakillik, shartnoma boʻyicha (ixtiyoriy) vakillik, yuridik shaxs vakilligi, kasaba uyushmalari va boshqa jamoat tashkilotlari vakilligining oʻziga xosligi bayon etilgan. Shunday qilib, advokatda daʼvogar va javobgarning maxsus huquqlari: daʼvo talablaridan butunlay yoki qisman voz kechish, daʼvo asosi yoki predmetini oʻzgartirish, daʼvo miqdorini koʻpaytirish yoki kamaytirish, daʼvogar talablarini tan olish, kelishuv bitimi tuzish, vakolatlarni boshqa shaxsga oʻtkazish (boshqa shaxsga ishonib topshirish), sudning hal qiluv qarori (ajrimi) ustidan shikoyat berish, ijro varaqasini undiruvga qaratish, undirilgan mol-mulk yoki pulni olish huquqi bor – maqolada ularning aniq tartibi yoritilgan. Maqolada Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining “Vakillikka doir fuqarolik protsessual qonunchiligi normalarining sudlar tomonidan qoʻllanishi toʻgʻrisida”gi qarorida keltirilgan advokatlarning qonunda belgilangan maxsus vakolatlarni amalga oshirish tartibi tahlil qilinadi. Shuningdek, Germaniya Federativ Respublikasi protsessual qonunchiligida maʼlumotlarning maxfiyligi qoidalari boʻlgan Dyusseldorf va Myunxen amaliyoti kabi xorij tajribasi ham o’rganilgan.

Other Books From - 12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi

About the author

Pirmatov Otabek Shavkatovich

ORCID: 0000-0002-0774-661

Read More

Other Books By - Pirmatov Otabek Shavkatovich


 Orqaga