Onlayn sud majlislari fuqarolik sud majlislarini virtuallashtirishning yangi bosqichi
Muallif: Pirmatov Otabek Shavkatovich Soha: 12.00.04 - Fuqarolik protsessual huquqi. Xoʻjalik protsessual huquqi. Hakamlik jarayoni va mediatsiya Nashriyot: Toshkent davlat yuridik universiteti Chop etilgan sana: 24.11.2021 Davlat: O'zbekiston Tillar: O'zbek Kalit soʻzlar: E-court | E-litigation | elektron sud | onlayn sud majlisi | sud platformasi | videokonferensaloqa | More DetailsMazkur maqolada mamlakatimizda sud majlislarini videokonferensaloqa rejimi bilan birgalikda onlayn tartibda amalga oshirish tartibini joriy etish masalalari yoritilgan. Onlayn sud majlislari Covid-19 pandemiyasi sharoitida fuqarolarimizdan uydan turgan holda, о‘z huquq va manfaatlarini himoya qilishi, taraflar sud majlisida о‘z uyidan, ish joyidan turib ishtirok etishi mumkinligi ta’kidlangan. Xorijlik olimlarning sud majlislarini onlayn tartibda olib borish tо‘g‘risidagi fikrlari bayon etilgan. Shuningdek, mazkur maqolada О‘zbekiston Respublikasi uchun noodatiy bо‘lgan sinxron, nosinxron sud majlislarini о‘tkazish tartibi tahlil qilingan. Shu bilan birgalikda, onlayn sud majlislarining videokonferensaloqadan ustun jihatlari yoritib berilgan. AQSH, Fransiya, Angliya, Qozog‘iston Respubliksi, Fransiya kabi mamlakatlar sudlarining maxsus platformalarida onlayn sud majlislari olib borish jarayoni yoritilgan. Onlayn sud muhokamalari odil sudlovga erishishni osonlashtiradi, nizolarni tezroq hal qilish imkonini beradi, sud jarayonini onlayn rejimga о‘tkazish orqali sud xarajatlarini tejashga yordam beradi. Bundan tashqari, sudyalar uchun sud qarorlari loyihasini ishlab chiqishda ko‘maklashishi, natijada sudyaning ish yuklamasi kamayishi, onlayn sud xizmatlari sifatini baholash yoki tahlil qilish imkonini berishi tо‘g‘risida fikrlar bildirilgan.
Orqaga