Korrupsiya shakllari va turlarini tasniflash muammolari
Maqolada dunyo mamlakatlari, shu jumladan Oʻzbekiston uchun eng dolzarb masalalardan biri boʻlgan korrupsiya tipologiyasi va shakllari, koʻrinishlari haqida soʻz boradi. Muallif taʼkidlaganidek, hozirgi kunga kelib, jamiyatda korrupsiyaga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan iqtisodiy va institutsional omillar yetarlicha oʻrganilgan. Shu bilan birga, aholi va alohida shaxslarning korrupsiyaga nisbatan tushunchasi yetarli emasligi, korrupsiyaning shakl va turlari gʻoyatda kengligi bilan bogʻliq omillar nisbatan kam oʻrganilgan. Shu munosabat bilan muallif korrupsiyaga doir tipologiyalar, tasniflar va qarashlarni oʻrganib, bu boradagi eng maqbul mezonlar boʻyicha tasniflash lozimligi haqidagi gʻoyalarni ilgari suradi. Shuningdek, maqolada korrupsiyaning tarqalish sohasi, mansabdorlar lavozimlari iyerarxiyasi hamda korrupsiyaviy harakatlar barqaror (takroriy)ligi boʻyicha turlari farqlangan. Bunda millatlararo korrupsiya, bir organ doirasida sodir etilgan korrupsiya, xususiy sektordagi korrupsiya, oliy darajadagi (elita) korrupsiya, oʻrta darajadagi korrupsiya, quyi bo‘g‘inlardagi korrupsiya, tasodifiy (individual) korrupsiya hamda tizimli korrupsiya kabi korrupsiyaning asosiy turlari yuzasidan xulosalar keltirilgan. Maqolada korrupsiya bilan bog‘liq ijtimoiy xavfli qilmishlarni tasniflashga oid ilmiynazariy qarashlar ilgari surilgan.
Other Books From - 12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Davlat chegarasini kesib o‘tish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikni amalga oshirishda hudud masalasi
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Ushbu monografiyada O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat qonunining hudud bo‘yicha amal qilishi bilan bog‘liq nazariy ma’lumotlar umumiy tavsifi va O‘zbekiston Respublikasi hududi bilan bog‘liq retrospektiv tahliliy ma’lumotlar, davlat chegarasini kesib o‘tish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikni amalga oshirishda hudud masalasi amaldagi qonunchilik bayoni hamda ayrim xorijiy davlatlarnining jinoyat qonunining hudud bo‘yicha amal qilishi bilan bog‘liq masalalarni milliy qonunchilik bilan umumiylik va o‘ziga xoslilik jihatllari bo‘yicha qiyosiy-huquqiy tahlil o‘tkazish orqali o‘rganilgan. Ushbu monografiya oliy o‘quv yurtlari talabalari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari uchun mo‘ljallangan.
Qasddan badanga engil shikast etkazish jinoyatlarining barvaqt oldini olish boʻyicha Toshkent shahar Yashnobod tuman metodikasi
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Xojabekov Palmurza Kalmurzaevich, Hamidov Nurmuhammad Orif o‘g‘li
Oʻgʻrilik, qarshi kurashish va barvaqt oldini olish boʻyicha (Toshkent shahri Yashnobod tumani misolida) ilmiy-amaliy metodika
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Xudaykulov Feruzbek Xurramovich, Mirzayev G‘iyosbek Isroil o‘g‘li
Yoʻl-transport hodisalarining barvaqt oldini olish boʻyicha Yashnobod tumani boʻyicha huquq metodikasi
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Kurbanov Ma’rufjon Mamadaminovich, Shamsidinov Zayniddin Ziyoovidinovich
Jinoyat subyekti fakultativ belgilarining nazariy va amaliy jihatlari
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Karaketova Dilnoza Yuldashevna
Kiberfiribgarlikdan himoyalanish bo‘yicha amaliy metodik qo‘llanma
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Karimov Boburjon Zokirjonovich
Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish jinoyatining jinoiy-huquqiy jihatlari
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Siddiqjonov Muxtorjon Alisher oʻg‘li
Oʻzbekiston SSRda bezorilikka qarshi kurash qonunchiligi va amaliyotini takomillashtirish
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Umurov T U
About the author
Orqaga