No Image Available

Jinoyat subyekti fakultativ belgilarining nazariy va amaliy jihatlari

лв0
 Format: Monografiya  Tur: Seriyasiz nashr  Muallif: Karaketova Dilnoza Yuldashevna  Soha: 12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi  Chop etilgan sana: 01.12.2025  Sahifalar soni: 276  Davlat: O‘zbekiston  Tillar: O‘zbek More Details
 Tasnif:

Ushbu monografiyada jinoyat sub’ektining fakultativ belgilariga oid nazariy va amaliy masalalar kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqot ishining birinchi bobida avvalo, jinoyat sub’ekti tushunchasi, uning jinoyat-huquqiy ahamiyati hamda ayb uchun javobgarlik prinsipi bilan bogʻliq masalalar yoritilgan. Shuningdek, jinoyat sub’ektini oʻrganishda ayrim xorijiy mamlakatlar tajribasi tahlil qilingan. Monografiyaning ikkinchi bobida fakultativ belgilarning nazariy asoslari, ularning mohiyati va jinoyatning maxsus sub’ekti bilan oʻxshash va farqli jihatlari atroflicha tadqiq qilingan. Fakultativ belgilarning turlari, ularning jinoyat huquqi tizimidagi oʻrni va ta’siri ilmiy asosda tasniflangan. Uchinchi bobda fakultativ belgilarning aniq turlari, jumladan, yosh, jins, sogʻliq holati, kasb va lavozim, fuqarolik, ilgari sodir etilgan jinoyatlar bilan bogʻliq holatlar tahlil qilingan hamda ularning jinoyatni kvalifikasiya qilish va jazo tayinlashdagi roli ochib berilgan. Toʻrtinchi bobda jinoyat sub’ektiga oid fakultativ belgilarni takomillashtirish masalalari, yuridik shaxslarni jinoyat sub’ekti sifatida tan olish borasidagi nazariy yondashuvlar va sun’iy intellektni jinoiy javobgarlik sub’ekti sifatida baholash istiqbollari haqida fikrlar ilgari surilgan. Monografiyada keltirilgan tahlil va takliflar jinoyat huquqi nazariyasini boyitish, amaldagi qonunchilikni takomillashtirish va huquqni qoʻllash amaliyoti samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Other Books From - 12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi

About the author

Other Books By - Karaketova Dilnoza Yuldashevna


 Orqaga