Energetik xаvfsizlikdа obyekt vа subyektlаrning o‘rni va ahamiyati
Mazkur maqolada obyektlar va subyektlarning energiya xavfsizligini ta’minlashdagi o‘rni va ahamiyatini tushunish tizimi bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish va tahlil qilish yuzasidan fikr va mulohazalar keltirilgan. Shuningdek, ekologik huquq nazariyasini yanada rivojlantirish, obyektlar va subyektlarning energiya xavfsizligidagi o‘rni va ahamiyati tushunchasi va tizimi bilan bog‘liq eng muhim masalalar tahlil qilingan. Ilmiy tadqiqot doirasida energetik xavfsizlikda obyekt va subyektlarning o‘rni va ahamiyati, energetika huquqi manbalarini tartibga solish muammolari, tabiiy resurslar tizimida energiya samaradorligini oshirish va undan oqilona foydalanishning huquqiy tartibga solish masalalari ekologiya huquqi nuqtayi nazaridan o‘rganilgan. Energetika sohasida davlat boshqaruvi maʼlum bir shakl va usullarda amalga oshiriladi. Energetik xavfsizlikda obyekt va subyektlarning o‘rni va ahamiyati, energiya samaradorligini oshirish hamda undan oqilona foydalanishning huquqiy tartibga solish masalalari bilan bog‘liq huquqiy munosabatlar, ularni tartibga solishga qaratilgan normalarning mazmuni, amaliyotda qo‘llash mohiyati va muammolari, energetikadan foydalanish va muhofaza qilish sohasidagi boshqaruv tizimi, boshqaruv organlarining vakolatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tadqiq etilgan.
Other Books From - 12.00.06 - Tabiiy resurslar huquqi. Agrar huquq. Ekologik huquq
About the author
Other Books By - Xayitov Panji Buxarovich
Orqaga