No Image Available

Tergovga qadar tekshiruv: huquqni qoʻllash muammolari

лв0
 Format: Ilmiy maqola  Tur: "Krimonologiya va jinoiy odil sudlov" ilmiy-amaliy jurnali, 2024-yil 1-son  Muallif: Ataniyazov Jasurbek Kurbanbayevich  Soha: 12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi  Ta'lim bosqichi: Oliy ta'limdan keyingi ta'lim  Nashriyot: Toshkent davlat yuridik universiteti  Chop etilgan sana: 26.03.2024  Davlat: O'zbekiston  Tillar: O'zbek  Kalit soʻzlar: arizaeksgumatsiyajinoyat faktiqayta daʼvoqiyosiy tekshirish uchun namunalar olishsudga qadar ish yurituvisudning ruxsatitergovga qadar tekshiruvyuzlashtirish |  Download
 Tasnif:

Ushbu maqolada mamlakatimiz jinoyat-protsessual qonunchiligida sudga qadar ish yurituvining alohida bosqichi hisoblangan tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirishda vujudga kelayotgan huquqiy muammolar muhokama qilingan. Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv bosqichining vazifalaridan biri – jinoyat haqidagi ariza va xabarlarda jinoyat faktining mavjudligi yoki mavjud emasligini tasdiqlashda ayrim tergov harakatlarini oʻtkazish zarurati ochib berilgan. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 329-moddasida nazarda tutilgan roʻyxat asosida keltirilgan tergov harakatlari yetarli emasligi, boz ustiga ushbu moddada keltirilgan tergov va protsessual harakatlardan boshqa tergov harakatlari oʻtkazilishi qatʼiyan man etilishi borasidagi keskin qoida huquqni qoʻllash amaliyotida koʻplab muammolarni keltirib chiqarayotgani asoslab berilgan. Tergovga qadar tekshiruv davomida oʻtkazilishi zarur boʻlgan tergov harakatlari sirasiga kiruvchi yuzlashtirish, murdani eksgumatsiya qilish, qiyosiy tekshirish uchun namunalar olish va boshqa bir qancha tergov harakatlari sudning ruxsati bilan amalga oshirishi lozimligi tadqiq etilgan. Tadqiqotda analiz, sintez, induksiya, deduksiya, qiyosiy-huquqiy tahlil kabi metodlar qoʻllangan. Shuningdek, ilgʻor xorijiy tajriba, ilmiy-nazariy qarashlar va tergov hamda sud amaliyoti oʻrganilgan, buning natijasi oʻlaroq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi va boshqa qonun hamda qonunosti hujjatlariga tegishli oʻzgartirish hamda qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar, tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Other Books From - 12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi

About the author

Ataniyazov Jasurbek Kurbanbayevich

ORCID: 0000-0003-39-53-3800

Read More

 Orqaga