Konstitutsiyaviy islohotlar davrida amnistiya va afv etish institutini rivojlantirishning dolzarb masalalari
Ushbu maqolada dunyo mamlakatlari konstitutsiyalarida afv etish instituti qo‘llashning turlari, mavjud protsessual muammolar va ish yurituvini rad etish yoki tugatish asoslari sifatida qayd etishning huquqiy tartibga solish jihatlari tadqiq etilgan. Shuningdek, maqolada qonunchilik nuqtayi nazaridan afv etish va amnistiyaning o‘zaro farqli jihatlari, afzalliklari hamda tafovutlari tahlil qilingan bo‘lib, unda mavjud kollizion holatlar borasida fikrlar bildirilgan. Afv etish institutini takomillashtirish zarurati yuzasidan olimlarning fikrlari bilan o‘zaro ilmiy bahsga kirishilgan holda amaliyot tahlili va mavjud huquqiy muammolarga e’tibor qaratilgan hamda mazkur muammolarni huquqiy tartibga solish jihatlari tadqiq etilgan. Shuningdek maqolada afv etish tartibida jinoiy javobgarlikdan ozod etishning zaruriy shartlari huquqiy jihatdan tahlil etilib, unda nafaqat jazodan, balki javobgarlikdan ozod etish sharti yuzasidan fikrlar bildirilgan. Shu bilan birga, maqolada afv etishni javobgarlikdan ozod etishning yangi turi sifatida kiritish zarurati yuzasidan fikrlar, amaliyot tahlili va mazkur muammolar boʻyicha takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqotda analiz, sintez, induksiya, deduksiya, qiyosiy-huquqiy tahlil kabi metodlardan foydalanilgan. Tadqiqot ishida ilg‘or xorijiy tajriba, ilmiy-nazariy qarashlar va tergov hamda sud amaliyoti o‘rganilgan, buning natijasi o‘laroq O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Jinoyat-protsessual kodeksiga va boshqa qonun hamda qonunosti hujjatlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.
Other Books From - 12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Davlat chegarasini kesib o‘tish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikni amalga oshirishda hudud masalasi
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Ushbu monografiyada O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat qonunining hudud bo‘yicha amal qilishi bilan bog‘liq nazariy ma’lumotlar umumiy tavsifi va O‘zbekiston Respublikasi hududi bilan bog‘liq retrospektiv tahliliy ma’lumotlar, davlat chegarasini kesib o‘tish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikni amalga oshirishda hudud masalasi amaldagi qonunchilik bayoni hamda ayrim xorijiy davlatlarnining jinoyat qonunining hudud bo‘yicha amal qilishi bilan bog‘liq masalalarni milliy qonunchilik bilan umumiylik va o‘ziga xoslilik jihatllari bo‘yicha qiyosiy-huquqiy tahlil o‘tkazish orqali o‘rganilgan. Ushbu monografiya oliy o‘quv yurtlari talabalari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari uchun mo‘ljallangan.
Qasddan badanga engil shikast etkazish jinoyatlarining barvaqt oldini olish boʻyicha Toshkent shahar Yashnobod tuman metodikasi
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Xojabekov Palmurza Kalmurzaevich, Hamidov Nurmuhammad Orif o‘g‘li
Oʻgʻrilik, qarshi kurashish va barvaqt oldini olish boʻyicha (Toshkent shahri Yashnobod tumani misolida) ilmiy-amaliy metodika
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Xudaykulov Feruzbek Xurramovich, Mirzayev G‘iyosbek Isroil o‘g‘li
Yoʻl-transport hodisalarining barvaqt oldini olish boʻyicha Yashnobod tumani boʻyicha huquq metodikasi
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Kurbanov Ma’rufjon Mamadaminovich, Shamsidinov Zayniddin Ziyoovidinovich
Jinoyat subyekti fakultativ belgilarining nazariy va amaliy jihatlari
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Karaketova Dilnoza Yuldashevna
Kiberfiribgarlikdan himoyalanish bo‘yicha amaliy metodik qo‘llanma
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Karimov Boburjon Zokirjonovich
Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish jinoyatining jinoiy-huquqiy jihatlari
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Siddiqjonov Muxtorjon Alisher oʻg‘li
Oʻzbekiston SSRda bezorilikka qarshi kurash qonunchiligi va amaliyotini takomillashtirish
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Umurov T U
About the author
Other Books By - Ataniyazov Jasurbek Kurbanbayevich
Shaxslarning o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod etishning muammolari
12.00.09 - Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi
Ataniyazov Jasurbek Kurbanbayevich
Yarashuv va o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lganligi munosabati bilan ish yuritishni rad etish yoki tugatishning ayrim masalalari
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Ataniyazov Jasurbek Kurbanbayevich
Orqaga
Jinoiy javobgarlikdan ozod etishda javobgarlikka tortish muddatining o‘tganligi asosi muammo va yechimlar
Tergovga qadar tekshiruv: huquqni qoʻllash muammolari