Sud hujjatlarini qayta koʻrish instituti: taftish instansiyasi faoliyati tahlili
Mazkur maqoladan Fuqarolik protsessual kodeksining “Sud hujjatlarini qayta koʻrish” nomli IV boʻlimiga kiritilgan oʻzgartirish va qo‘shimchalar, islohotlar mazmun-mohiyati, ushbu yangiliklarning fuqarolik protsessual huquqi nazariyasi hamda amaliyotidagi ahamiyati, fuqarolik sudlov faoliyatida tutgan oʻrni haqidagi nazariy qoidalar, tushunchalar va fikr-mulohazalar oʻrin olgan. Shu bilan birga, fuqarolik sud hujjatlarini qayta koʻrish instansiyalarining oʻzaro nisbati, ushbu tartib-taomillarning qiyosiy tahlili keltirilgan. Shuningdek, ushbu yangiliklarning vujudga kelish sabablari, sud hujjatlarini taftish tartibida qayta koʻrish boʻyicha ish yuritish instansiyasining zarurati haqidagi fikr-mulohazalar va mualliflik taklif-tavsiyalari bayon qilingan. Maqolada Fuqarolik protsessual kodeksining 46-bobidagi “Sud hujjatlarini taftish tartibida qayta koʻrish boʻyicha ish yuritish”ga oid dolzarb normalarning yangi institut sifatida vujudga kelishi, asoslari, zarurati va xususiyatlari koʻrsatib berilgan. Ushbu institut (qayta koʻrish bosqichi) nafaqat qonunchilik tajribasi, balki amaliyotdagi protsessual muammolarni ham bartaraf etishga yordam beradi. Mavzuning dolzarbligini ochib berish maqsadida muallif fuqarolik protsessual huquqi fani hamda sohasiga doir qator oʻquv va ilmiy adabiyotlardagi protsessualist olimlarning fikrlari, qarashlari, oxirgi yillarda yuzaga kelgan holat – sud hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish zarurati, bu boradagi sud amaliyotidagi sudyalarning vakolatlari va yuklamalari tahliliga alohida eʼtibor qaratgan.
Other Books From - 12.00.04 - Fuqarolik protsessual huquqi. Xoʻjalik protsessual huquqi. Hakamlik jarayoni va mediatsiya
About the author
Orqaga