Tasnif:

Shaharsozlik sohasida ekologik talablarga rioya etish masalalari huquqiy fanlarning ham о‘rganish obyekti bо‘lib, bunday talab va me’yorlarni belgilashdan asosiy maqsad fuqarolar uchun qulay yashash sharoitini ta’minlashdan iboratdir. Shaharlar atrof-muhitini huquqiy muhofaza qilish masalalari BMTning Inson atrof-muhiti masalalari bо‘yicha Stokgolm konferensiyasi (1972-yil), BMTning uy-joy va barqaror shahar rivojlanishi bо‘yicha Xabitat III konferensiyasida (2016-yil 17–20-oktabr, Kito, Ekvador) kо‘rib chiqilgan bо‘lib, Xabitat III konferensiyasi doirasida yangi shaharsozlik dasturi qabul qilindi. Bugungi kunda dunyo shaharlaridagi asosiy ekologik muammolar qurilish ishlarini amalga oshirish bilan bog‘liq ravishda kо‘rib chiqiladi. Bunda qurilish ishlarini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlari va ilmiy-nazariy asoslarini о‘rganishga yuridik fanlar tizimida alohida e’tibor qaratiladi. Mazkur maqolada hududlarni zonalashtirish, qurilish jarayonini ekologizatsiyalash, “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirishning afzalliklari, chiqitsiz texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, energiya tejamkor bino-inshootlar va uy-joylarni barpo etish masalalari ilmiy-huquqiy jihatdan о‘rganildi. Bundan tashqari, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi strategik maqsadlarga erishishda ekologik jihatdan samarali innovatsion texnologiyalarni joriy etish, atrof-muhitga salbiy ta’sirining oldini olish va kamaytirish, ekologik yо‘naltirilgan iqtisodiyotning о‘sishini ta’minlash, qurilish faoliyatida ham “yashil” standartlarni qо‘llashning ilmiy-nazariy asoslari ishlab chiqildi.

Other Books From - 12.00.06 - Tabiiy resurslar huquqi. Agrar huquq. Ekologik huquq

About the author


 Orqaga