No Image Available

Slovakiya Respublikasi jinoyat qonunchiligida jazoni yengillashtiruvchi va qilmishning jinoiyligini istisno etuvchi holatlar (qiyosiy tahlil)

лв0
 Format: Elektron nusxa, Ilmiy maqola  Tur: “Yuridik fanlar axborotnomasi - Вестник юридических наук - Review of Law Sciences” ilmiy-amaliy huquqiy jurnali, 2022-yil 3-son  Muallif: Islomov Bunyod Ochilovich  Soha: 12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi  Nashriyot: Toshkent davlat yuridik universiteti  Chop etilgan sana: 10.10.2022  Davlat: O'zbekiston  Tillar: Ingliz  Ta'lim bosqichi: Oliy ta'limdan keyingi ta'lim  Kalit soʻzlar: aqli norasolikcheklangan aqli rasolikjazoni yengillashtirishjinoiy qilmishjinoyat sodir etishga suiqasd qilishjinoyatda ishtirokchilikjinoyatga tayyorgarlik ko‘rishoxirgi zaruratvoyaga yetmagan shaxszaruriy mudofaa | More Details  Download
 Tasnif:

Ushbu maqolada Slovakiya Respublikasi jinoyat qonunchiligida jazoni yengillashtiruvchi va qilmishning jinoiyligini istisno etuvchi holatlarni hisobga olish masalalari qiyosiy tahlil qilingan. Bu borada Slovakiyaning 2005-yil 20-mayda qabul qilinib, 2006-yil 1-yanvar sanasidan kuchga kirgan Jinoyat kodeksi hamda O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilinib, 1995-yil 1-aprel sanasidan kuchga kirgan Jinoyat kodeksining amaldagi tahriri bo‘yicha jazoni yengillashtirish instituti umumlashtirilgan holda, xususan, ruhiy holatning buzilishi holatida, shu jumladan, aqli norasolik va cheklangan aqli rasolik holatida sodir etilgan jinoyatlar, tamom bo‘lmagan jinoyatlar va ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlash masalalari, shuningdek, qilmishning jinoiyligini istisno etuvchi holatlar hamda jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish instituti o‘rganilgan. Har ikkala mamlakat jinoyat qonunlarining qiyosiy tahlili yuzasidan mazkur jinoyat qonunlarining o‘xshash va farqli jihatlari aniqlangan. Amalga oshirilgan qiyosiy tahlil yuzasidan xulosalar keltirilib, yakuniy fikr sifatida Slovakiyaning ayrim jinoyat-huquqiy me’yorlarini O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonuniga tatbiq qilishga doir takliflar ishlab chiqilgan.

Other Books From - 12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi

About the author

Islomov Bunyod Ochilovich

ORCID: 0000-0001-8827-4900

Read More

Other Books By - Islomov Bunyod Ochilovich


 Orqaga