Xorijiy mamlakatlar jinoyat qonunchiligida yuridik shaxslarga nisbatan jazoni yengillashtirish masalalari
Muallif: Islomov Bunyod Ochilovich Soha: 12.00.07 - Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura Nashriyot: Toshkent davlat yuridik universiteti Chop etilgan sana: 24.06.2024 Davlat: O'zbekiston Tillar: O'zbek Kalit soʻzlar: ehtiyotsizlik | ishtirokchilik | jarima | jinoiy javobgarlikdan ozod qilish | korporativ jinoiy javobgarlik | ogʻirlashtiruvchi holatlar | oxirgi zarurat | suiqasd | takroran jinoyat sodir etish | yengillashtiruvchi holatlar | More DetailsUshbu maqolada xorijiy mamlakatlar jinoyat huquqida yuridik shaxslarga nisbatan jazoni yengillashtirish masalalari, shu jumladan, yuridik shaxslarga jazo tayinlashda inobatga olinadigan holatlar, xususan, jazoni yengillashtiruvchi holatlar, qasddan, ehtiyotsizlik orqasida hamda takroran sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlash, yuridik shaxslarni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, qator xorijiy, holatlar, shu jumladan, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi tashkilotiga aʼzo mamlakatlar, xususan, Ozarbayjon Respublikasi, Armaniston Respublikasi, Moldova Respublikasi, Ukraina, Gruziya, Chili Respublikasi, Nigeriya Federativ Respublikasi, Amerika Qoʻshma Shtatlari, Avstriya Respublikasi, Serbiya Respublikasi, Norvegiya Qirolligi, Ruminiya, Ispaniya Qirolligi hamda Sloveniya Respublikasi jinoyat huquqida yuridik shaxslarga nisbatan jazoni yengillashtirish masalalari oʻrganilgan. Bunda yuridik shaxslarga tayinlanadigan asosiy jazo choralaridan biri boʻlmish jarima jazosining tayinlanishida jazo tayinlashning umumiy asoslari sifatida inobatga olinadigan holatlar qatorida jazoni yengillashtiruvchi va ogʻirlashtiruvchi holatlar roʻyxatiga alohida eʼtibor qaratilgan. Maqolaning tadqiqot natijalari tahlili hamda xulosa qismlarida yuqorida sanab oʻtilgan mamlakatlar jinoyat huquqida uchraydigan meʼyorlar yuzasidan yakuniy fikrmulohazalar bayon qilingan.
Orqaga