Tasnif:

Maqolada atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida raqamlashtirishning ayrim masalalari, xususan, atrof-muhitni tartibga solishni amalga oshirish, ekologik standartlarni ishlab chiqish, tasdiqlash, shuningdek, ularga rioya etilishini ta’minlash maxsus vakolatli davlat organlarining faoliyati sifatida muhokama qilinadi. Raqamlashtirish sohasini yanada takomillashtirishning dolzarb huquqiy masalalari, jumladan, atrof-muhitni tartibga solish sohasidagi muammolar va ularni hal etish yo‘llari tahlil qilinadi. Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida axborotlashtirish va raqamlashtirish yuzasidan xorijiy tajriba o‘rganildi. Atrof-muhitga zararli va salbiy ta’sir ko‘rsatadigan obyektlarni hisobga olish, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi me’yorlash, ekologik me’yor va standartlarni o‘rnatishda davlat xizmatlari tizimini takomillashtirish masalalari kabi davlat organlari funksiyalarini raqamli o‘zgartirish xususiyatlari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, xorijiy tajribani o‘rganish asnosida ekologik standartlarni o‘rnatish bo‘yicha faoliyatni raqamlashtirish sohasidagi milliy va xorijiy qonunchilik qiyosiy tahlil qilindi. Maqolada raqamlashtirish axborotni raqamli shaklga aylantirishga asoslangan, iqtisodiyot samaradorligini oshirish va dunyo aholisining hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladigan jamiyat va iqtisodiyotni rivojlantirishning zamonaviy global yo‘nalishi ekanligi taklif qilinmoqda.

Other Books From - 12.00.06 - Tabiiy resurslar huquqi. Agrar huquq. Ekologik huquq

About the author

Rajabov Nariman Sharifbayevich

ORCID: 0000-0002-5166-964X

Read More

Other Books By - Rajabov Nariman Sharifbayevich


 Orqaga