No Image Available

Mamlakatimizda aholining ekologik savodxonligini rivojlantirishda ekologikhuquqiy targʻibotning oʻrni va ahamiyati

лв0
 Format: Ilmiy maqola  Tur: “Yurisprudensiya” huquqiy ilmiy-amaliy jurnali, 2024-yil 3-son  Muallif: Xudoyqulova Dilorom Xolovna  Soha: 12.00.06 - Tabiiy resurslar huquqi. Agrar huquq. Ekologik huquq  Ta'lim bosqichi: Oliy ta'limdan keyingi ta'lim  Nashriyot: Toshkent davlat yuridik universiteti  Chop etilgan sana: 24.06.2024  Davlat: O'zbekiston  Tillar: O'zbek  Kalit soʻzlar: adliya organlariaholiekologik savodxonlikni takomillashtirishekologiyahuquqiy targʻibotjamoat va boshqa nodavlat notijorat birlashmalarimadaniyat |  Download
 Tasnif:

Maqolada Oʻzbekiston Respublikasida ekologik muvozanatni yaxshilashga oid chora-tadbirlarni amalga oshirish, aholining ekologik madaniyatini yuksaltirishda ekologik huquqiy targʻibotning oʻrni va ahamiyati oʻrganilgan. Shuningdek, aholining ekologik savodxonligini oshirishda ekologik huquqiy targʻibotni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-huquqiy tushunchalar asosida Oʻzbekiston Respublikasining meʼyoriy-huquqiy bazasi hamda balki xorijiy davlatlarning doktrinal pozitsiyalari tahlil qilgan. Tahlil yakunida esa iqlim oʻzgarishi sharoitida aholining koʻchat ekish va hududlarni koʻkalamzorlashtirishga qiziqishini oshirish taklif qilingan. Ekologik huquqiy targʻibot fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, mamlakatimizda ekologik vaziyatning yomonlashuviga olib kelishi mumkin boʻlgan har qanday huquqbuzarliklarga qarshi kurashishga qaratilgan. Maqolada ekologik madaniyatni shakllantirish muammolarini hal etishga tadbirkorlar, jamoat va boshqa nodavlat notijorat birlashmalarini ham jalb etish, shuningdek, ekologik muammolarni hal etishda tarixiy tajribadan foydalanish muhimligi asoslab berilgan. Aholi oʻrtasida atrof-muhitni muhofaza qilish, davlat rivoji va aholining sogʻlom turmush tarzi uchun qonunlarga hurmat tuygʻularini shakllantirishga adliya organlari ham targʻibot tadbirlari orqali katta hissa qoʻshayotgani eʼtirof etilgan. Muallif ekologik huquqiy targʻibotning umumiy xususiyatlarini tahlil qilib, ekologik savodxonlikni oshirishda huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati va ilmiy ishlarda qoʻllanishi mumkin boʻlgan tavsiyalar ishlab chiqqan.

Other Books From - 12.00.06 - Tabiiy resurslar huquqi. Agrar huquq. Ekologik huquq

About the author

Xudoyqulova Dilorom Xolovna

ORCID: 0009-0004-5028-0458

Read More

 Orqaga