Tergovga qadar tekshiruv ishtirokchilari va subyektlarining huquqiy maqomi hamda vakolatlari
Jinoyat-protsessual qonun hujjatlarida shaxsning maqomi uning jinoyat protsessi doirasidagi huquqiy holati va huquqlarini belgilaydi. Bunday huquqning mavjud emasligi jinoyatprotsessual harakatlar jarayonida shaxslarning huquq va manfaatlarini amalga oshirishni cheklaydi. Ushbu maqolada aynan tergovga qadar tekshiruvda ishtirok etuvchi shaxslarning huquqiy holati, qonun hujjatlaridagi kamchiliklar va tergovga qadar tekshiruv ishtirokchilarni aniqlashtirish holatlari yoritilgan. Chunki jinoyat protsessida jinoyatlarni tergov qilishning adolatliligi va samaradorligini taʼminlash uchun shaxslarning maqomlari oʻrtasidagi munosabatlar muhim ahamiyatga ega. Maqolada koʻrib chiqilayotgan mavzu boʻyicha nazariy, qonunchilik va amaliy jihatlar tahlil qilingan. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining II boʻlimi (Jinoyat protsessi ishtirokchilari) va tergovga qadar tekshiruvlarni amalga oshiruvchi organlar hamda ularning vakolatlari qoidalarini tizimli tahlil qilish asosida tergovga qadar tekshiruvning maxsus ishtirokchilarini alohida huquqiy tartibga solish ehtiyoji borligi aniqlangan. Jinoyat-protsessual huquqiy munosabatlarda ishtirok etayotganda shaxsning haqiqiy mavqeyini baholash zarur, degan xulosaga kelinmoqda. Muallif, shuningdek, jinoyatprotsessual qonunchiligida normalar yoʻqligi sababli tergovga qadar tekshiruv ishtirokchilarining huquq va erkinliklarini, ish yuritish jarayonida taraflarning himoyasini taʼminlashga eʼtibor qaratadi, sababi himoyaga bo‘lgan huquq jinoiy protsess ishtirokchilarining eng muhim huquqi hisoblanadi.
Other Books From - 12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Davlat chegarasini kesib o‘tish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikni amalga oshirishda hudud masalasi
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Ushbu monografiyada O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat qonunining hudud bo‘yicha amal qilishi bilan bog‘liq nazariy ma’lumotlar umumiy tavsifi va O‘zbekiston Respublikasi hududi bilan bog‘liq retrospektiv tahliliy ma’lumotlar, davlat chegarasini kesib o‘tish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikni amalga oshirishda hudud masalasi amaldagi qonunchilik bayoni hamda ayrim xorijiy davlatlarnining jinoyat qonunining hudud bo‘yicha amal qilishi bilan bog‘liq masalalarni milliy qonunchilik bilan umumiylik va o‘ziga xoslilik jihatllari bo‘yicha qiyosiy-huquqiy tahlil o‘tkazish orqali o‘rganilgan. Ushbu monografiya oliy o‘quv yurtlari talabalari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari uchun mo‘ljallangan.
Qasddan badanga engil shikast etkazish jinoyatlarining barvaqt oldini olish boʻyicha Toshkent shahar Yashnobod tuman metodikasi
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Xojabekov Palmurza Kalmurzaevich, Hamidov Nurmuhammad Orif o‘g‘li
Oʻgʻrilik, qarshi kurashish va barvaqt oldini olish boʻyicha (Toshkent shahri Yashnobod tumani misolida) ilmiy-amaliy metodika
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Xudaykulov Feruzbek Xurramovich, Mirzayev G‘iyosbek Isroil o‘g‘li
Yoʻl-transport hodisalarining barvaqt oldini olish boʻyicha Yashnobod tumani boʻyicha huquq metodikasi
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Kurbanov Ma’rufjon Mamadaminovich, Shamsidinov Zayniddin Ziyoovidinovich
Jinoyat subyekti fakultativ belgilarining nazariy va amaliy jihatlari
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Karaketova Dilnoza Yuldashevna
Kiberfiribgarlikdan himoyalanish bo‘yicha amaliy metodik qo‘llanma
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Karimov Boburjon Zokirjonovich
Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish jinoyatining jinoiy-huquqiy jihatlari
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Siddiqjonov Muxtorjon Alisher oʻg‘li
Oʻzbekiston SSRda bezorilikka qarshi kurash qonunchiligi va amaliyotini takomillashtirish
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Umurov T U
About the author
Orqaga