Xalqaro xususiy huquqda majburiyat munosabatlarini huquqiy tartibga solishni takomillashtirish
Ushbu maqolada xalqaro xususiy huquq munosabatlarini tartibga solish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasida xalqaro xususiy huquqning alohida kodeksini ishlab chiqish va qabul qilish zarurati bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Kodeksda shartnomaviy va shartnomadan tashqari munosabatlarni tartibga solishni oʻz ichiga olgan “Majburiyatlar huquqi” bobini alohida ajratib koʻrsatish taklif etildi. Xorijiy davlatlarning xalqaro xususiy huquq sohasidagi huquqiy hujjatlari tahlil qilindi. Tahlillar asosida Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligini takomillashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksidan tashqi iqtisodiy bitimlarning yozma shakliga qoʻyiladigan majburiy talabni chiqarib tashlash boʻyicha tavsiyalarga alohida e’tibor qaratildi, bu esa oʻz navbatida, bitimlarni electron aloqa vositalari va sun’iy intellektdan foydalangan holda tuzish imkonini beradi. Albatta, majburiy davlat yoki notarial roʻyxatdan oʻtishni talab qiladigan hollar bundan mustasno. Kodeksni tomonlar tegishli tanlovni amalga oshirmagan hollarda amaldagi qonunchilikni belgilashga oid qoidalar bilan toʻldirish taklif etilmoqda. Xususan, bu kafillik shartnomasi, distribyutorlik shartnomasi, agentlik shartnomasi, eskrou shartnomasi, faktoring, forfeyting kabi tashqi iqtisodiy bitimlarning har xil turlariga, shuningdek, onlayn auktsionlar, onlayn tanlovlar yoki onlayn birjalar doirasida tuzilgan, iste’molchilarni oʻz ichiga olgan shartnomalarga taalluqli. Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlarga nisbatan qoʻllanadigan huquq doirasini belgilash, shuningdek, amaldagi qonunchilik ta’rifini zarar yetkazilishi natijasida yuzaga keladigan turli majburiyatlarni hisobga olgan holda kengaytirish zarurati asoslab berilgan.
Other Books From - 12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Harbiy xizmatni о‘tash tartibiga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlikni takomillashtirish
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Yusupov Nodirbek Omonovich
Jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi kiberjinoyatlarning jinoiy-huquqiy jihatlari
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Anorboyev Amiriddin Ulug‘bek o‘g‘li
Hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatganlik uchun javobgarlikning jinoyat-huquqiy masalalari
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Xoliqov Utkir Uktamovich
Pora olish-berishda vositachilik qilish uchun javobgarlik belgilangan jinoyat qonunchiligini takomillashtirish
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Xojiyeva Ro‘zigul Xudayberdiyevna
Voyaga yetmagan shaxslarni jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qilish institutini takomillashtirish
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
To‘rabayeva Ziyoda Yakubovna
Qimor va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarini noqonuniy tashkil etish va oʻtkazishning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlari
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi, 12.00.15 - Kriminologiya (yuridik fanlar)
Beristenov Samat Orazbayevich
Odam o‘g‘rilashning jinoyat-huquqiy xususiyatlari
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Akbaraliyeva Muhayyo Karamatullo qizi
INNOVATIVE OFFERS IN EDUCATION AND SOCIETY
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Ergasheva Ozoda Erkin qizi
About the author
Orqaga