Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslar resotsializatsiyasini takomillashtirish
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati.
Dunyoda jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslar tomonidan qayta jinoyat sodir etish holatlari yildan-yilga ortib bormoqda. Xususan, World Population Review tomonidan yuritiladigan statistik ma’lumotga ko‘ra, bugungi kunda dunyo bo‘yicha jinoy jazoni o‘tab bo‘lgan shaxslar tomonidan sodir etilgan qayta jinoyatchilik ko‘rsatkichi o‘rtacha 50 foizni tashkil etmoqda. Bunga, penitensiar tizimning profilaktik funksiyasini amalga oshirishdagi kamchiliklar, mahkumlarga qo‘llaniladigan axloqan tuzatish vositalarining yetarli darajada samarali emasligi, jazo va jinoyat-huquqiy ta’sir choralari izchil etib chiqmasligi, mahkumlarni axloqan tuzatish va qayta ijtimoiylashtirish bilan birgalikda amalga oshirilmaganligi, mahkumlar ozod etilgach ular ijtimoiylashuv jarayoniga moslasha olmayotganligi, yetarli darajada ijtimoiy yordam ko‘rsatilmayotganligi kabi omillar sabab bo‘lmoqda. Bu esa jazoni ijro etish bilan birga mahkumlarni tarbiyalash va ularni qayta ijtimoiylashtirishga qaratilgan ta’sirchan chora-tadbirlarni qo‘llashni kuchaytirish, ozod etilgan muayyan ijtimoiy, iqtisodiy, tibbi-psixologik va boshqa turdagi ko‘makka muhtoj bo‘lgan sobiq mahkumlarga yordam berish orqali ularni jamiyatga qayta moslashuv jarayonini takomillashtirish masalasini taqozo qiladi.
Other Books From - 12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
About the author
Other Books By - Abdusamiyeva Dilrobo Abduvaxob qizi
Orqaga
Davlat chegarasini kesib o‘tish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikni amalga oshirishda hudud masalasi
Qasddan badanga engil shikast etkazish jinoyatlarining barvaqt oldini olish boʻyicha Toshkent shahar Yashnobod tuman metodikasi
Kiberfiribgarlikdan himoyalanish bo‘yicha amaliy metodik qo‘llanma
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslar resotsializatsiyasini takomillashtirish