Ta’limda innovatsion texnologiyalar
Mazkur maqolada innovatsion taʼlim jarayonida shaxsga bilim berish, unda koʻnikma va malaka hosil qilish hamda dunyoqarashini shakllantirish, ehtiyojlarini qondirish, qobiliyatlarini ochish, rivojlantirishga yoʻnaltirish kabi ustuvor vazifalar xususida fikr yuritiladi. Bunda pedagogik innovatsiyaning taʼlim maqsadi (nima uchun oʻqitish va kimni oʻqitish); taʼlim mazmuni (nimani oʻqitish); taʼlimni tashkil etish shakllari (qanday oʻqitish); taʼlim metodlari va vositalari (qanday asosda oʻqitish) kabi bahs doirasiga oid jihatlarga eʼtibor qaratilgan. Shuningdek, taʼlim jarayonida keng qoʻllanayotgan “interaktiv metodlar”, “innovatsion taʼlim texnologiyalari”, “ilgʻor pedagogik texnologiya”, “progressiv pedagogik texnologiya”, “zamonaviy taʼlim texnologiyasi” iboralarining mazmun-mohiyati, innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalarini oʻquv jarayonida oʻrinli qoʻllash, produktiv taʼlimda zamonaviy texnologiyalarning ahamiyati, ularning oʻquvchi, talabalarni bilimlarni oʻzlashtirish, mavzularni mustaqil oʻrganib, vaziyatlarni tahlil qilish, xulosalar chiqarish va qaror qabul qilishdagi oʻrni xususida ham fikr yuritiladi. Davlat hujjatlarida taʼlimiy maqsadlarni roʻyobga chiqarish vazifalariga ham alohida eʼtibor qaratilgan. Shu bilan birga, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, oʻqitish metodikasi boʻyicha mashhur nazariyotchi olimlar, tajribali amaliyotchi pedagogshunoslarning fikr va mulohazalari qiyoslangan hamda tahlil qilingan.
Other Books From - 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha)
About the author
Other Books By - Gulyamova Gulnora Yakubovna
Orqaga