Interfaol metodlar talabalarning kommunikativ kompetensiyasini shakllantirish vositasi sifatida (TDYU misolida)
Muallif: Mirgiyazova Munisa Mirusmonovna Soha: 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha) Nashriyot: Toshkent davlat yuridik universiteti Chop etilgan sana: 19.07.2022 Davlat: O'zbekiston Tillar: Ingliz Kalit soʻzlar: interfaol usullar | kommunikativ kompetensiya | kompetensiya | kompetentlik | konseptlar | muloqot | nutq | oʻquv jarayoni | More DetailsMaqolada Toshkent davlat yuridik universiteti talabalarining kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishning interfaol usullari haqida soʻz boradi. Darhaqiqat, kommunikativ kompetensiya – bu til tizimi va uning birliklari, ularning nutqda tuzilishi va faoliyati, oʻrganilayotgan tilda fikrni shakllantirish va boshqa odamlarning mulohazalarini tushunish usullari, ona tilida soʻzlashuvchilarning milliy va madaniy xususiyatlari haqidagi bilimlar majmuyi, chet tilini oʻrgatishda har xil turdagi nutqlarning oʻziga xosligi; til oʻrganuvchilarning qoʻyilgan kommunikativ vazifalarga muvofiq nutq faoliyatining bir necha turlari orqali muloqot qilish, shuningdek, tushunish, izohlash va izchil fikr bildirish qobiliyatidir. Maqolada, shuningdek, “kompetensiya” va “kompetentlik” terminlari hamda turli olimlarning fikr-mulohazalari koʻrib chiqilgan. Muallif ushbu kontekstda oʻrganuvchilarning kommunikativ kompetensiyasini takomillashtirishda qoʻllaniladigan turli interfaol usullarga e’tibor qaratadi.
Orqaga