Raqamli obyektlarni vasiyat qilish: meros qoldiruvchining soʻnggi istagini amalga oshirish muammolari
Maqolada vasiyat qiluvchining raqamli obyektlarga nisbatan so‘nggi istagini amalga oshirish bilan bog‘liq huquqiy muammolar tahlil qilindi. Vasiyatnoma obyektlari raqamli shakldagi intellektual faoliyatning turli natijalari: ijtimoiy tarmoq va messenjerlardagi akkauntlar, bulutli xotiralardagi fotosurat va videolar, matnli hujjatlar, musiqa, elektron kitob va boshqa fayllar bo‘lishi mumkin. Maqolada raqamli obyektlarning huquqiy mohiyatini meros obyekti sifatida aniqlashdagi qiyinchiliklarning sabablari batafsil ko‘rib chiqildi. Turli huquqiy tizimlarda raqamli huquqlarni talqin qilishga yagona, umumiy qabul qilingan ta’riflarning yo‘qligi, yondashuvlarning xilma-xilligi ko‘zga tashlanadi. Yurist va qonun chiqaruvchilar o‘rtasida raqamli obyektlar faoliyatining texnologik jihatlarini tushunish yetarli darajada emasligi, bu esa samarali huquqiy tartibga solish mexanizmini shakllantirishni qiyinlashtirishi tahlil qilindi. Hozirgi vaqtda raqamli aktivlarni meros qilib olish uchun vasiyat qiluvchining so‘nggi xohishini amalga oshirish imkoniyatlarini cheklaydigan obyektiv omillar batafsil tahlil qilindi. Bunday omillarga virtual obyektlarga nisbatan an’anaviy vasiyatnomaning nomukammalligi, merosxo‘rlar uchun ularga kirishning turli texnik va huquqiy cheklovlari kiradi. Maqolada O‘zbekiston Respublikasidagi va xorijiy tajribalarni umumlashtirish asosida raqamli huquqlar vorisligi jarayonini huquqiy tartibga solishni takomillashtirish, shu jumladan, xalqaro standartlarni ishlab chiqish, raqamli vasiyatnomalarning ixtisoslashtirilgan shakllarini yaratish, fuqarolar va yuristlarning raqamli savodxonligini oshirishning aniq yo‘nalishlari belgilandi.
Other Books From - 12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Fuqarolik huquqida benefitsiar mol-mulkning fuqarolik-huquqiy maqomi
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Raximova Dilorom Xaitbayevna
Jahon savdo tashkiloti doirasida savdoni xalqaro xususiy-huquqiy tartibga solish (Oʻzbekiston misolida)
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Yakubov Aybek Baxramovich
Katta raqamli ma’lumotlarni (Big Data) fuqarolik-huquqiy tartibga solish
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Tojiboyev Sarvar Zafarovich
MEROS MUNOSABATLARIDAN KELIB CHIQADIGAN NIZOLARINING TURLARI VA ULARNING HUQUQIY TABIATI
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Soliyeva Kamola Rustamjon qizi
Elektron oldi-sotdi shartnomaviy munosabatlarda axborot vositachisining fuqarolik huquqiy javobgarligi
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Zarifa Ubaydullaeva
The Role of International Cooperation in Combating Cryptocurrency-Facilitated Darknet Markets
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq, 12.00.10 - Xalqaro huquq
Abdullaeva Saboxat Asatullo qizi
Правовые Основы Обращения С Электронными Отходами В Законодательстве Республики Узбекистан
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Рахматова Дилафруз Ихтиёр кизи
ISLOM MOLIYASI NORMALARIGA MUVOFIQ MUDORABA SHARTNOMASIDA KAPITAL KAFOLATI MASALALARI
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Qilichova Munira Azimjon qizi
About the author
Other Books By - Egamberdiyev Eduard Xajibayevich
Orqaga
Virtual dunyo va uning obyektlarining fuqarolik-huquqiy holatini aniqlashning ayrim muammolari
Eksklyuziv blokcheyn va merosxo‘rlik huquqi: raqamli merosni boshqarishda zamonaviy yondashuvlar