O‘zbekistonda “bir makon, bir yo‘l” tashabbusini amalga oshirishning huquqiy jihatlari: xitoylik investorlar uchun imkoniyatlar va xatarlar
Muallif: Xun Veysin Soha: 12.00.10 - Xalqaro huquq Nashriyot: Toshkent davlat yuridik universiteti Chop etilgan sana: 23.08.2024 Davlat: O'zbekiston Tillar: Русский Kalit soʻzlar: bir makon | bir yoʻl | huquqiy tartibga solish | investitsiyalar | investitsiyalarni himoya qilish | korporativ huquq | mahalliylashtirish | Oʻzbekiston | qonunchilikni uygʻunlashtirish | xitoy | More DetailsUshbu maqolada “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusining Oʻzbekistondagi huquqiy muhitga taʼsiri xitoylik investorlar uchun istiqbol va qiyinchiliklar nuqtayi nazaridan tahlil qilindi. Unda Oʻzbekiston qonunchiligi va meʼyoriy-huquqiy bazasidagi, jumladan, investitsiyalar, maxsus iqtisodiy zonalar, davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi yangi qonunlardan oʻrin olgan asosiy oʻzgarishlar, Soliq kodeksiga kiritilgan tuzatishlar o‘rganilgan. Investitsiyalarni himoya qilishning huquqiy kafolatlarini tahlil qilish, korporativ huquqning oʻziga xos xususiyatlari, iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarini tartibga solish, biznesni mahalliylashtirish va mahalliy qonunchilikka rioya qilish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Investorlar uchun kafolatlarni kengaytirish va ularning fiskal yukini kamaytirish boʻyicha ijobiy siljishlar qayd etildi. Shuningdek, maqolada “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusini amalga oshirish kontekstida Oʻzbekiston huquqining Xitoy va xalqaro normalar bilan uygʻunlashuvi dinamikasi baholandi. Oʻzbekiston normativ-huquqiy bazasini ilgʻor xalqaro tajribalarga muvofiq tarzda yanada modernizatsiya qilish zarurligi taʼkidlandi. Yakunda “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusi ishtirokchi mamlakatlarning milliy qonunchiligini isloh qilish uchun samarali tashqi katalizator boʻlib xizmat qilishi mumkin, degan xulosaga kelindi. Biroq bu jarayon bosqichli, muvozanatli boʻlishi va barcha tomonlarning manfaatlari hisobga olinishi kerak.
Orqaga