No Image Available

O‘zbekiston respublikasi prezidenti va vazirlar mahkamasi: o‘zaro munosabatlarning yangicha tartibi

лв0
 Format: Ilmiy maqola  Tur: “Yuridik fanlar axborotnomasi - Вестник юридических наук - Review of Law Sciences” ilmiy-amaliy huquqiy jurnali, 2024-yil 1-son  Muallif: Hoshimxonov Ahrorxon Muminovich  Soha: 12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi  Ta'lim bosqichi: Oliy ta'limdan keyingi ta'lim  Nashriyot: Toshkent davlat yuridik universiteti  Chop etilgan sana: 26.03.2024  Davlat: O'zbekiston  Tillar: O'zbek  Kalit soʻzlar: agentlikdavlat boshqaruvihisobdorlikhukumatinspeksiyajavobgarlikkonstitutsiyaparlamentparlament tekshiruviprezidentqo‘mitaqonunchilik palatasisenattayinlashvazirvazirlar mahkamasi |  Download
 Tasnif:

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Vazirlar Mahkamasi bilan o‘zaro aloqalaridagi huquqiy jihatlar yangi tahrirdagi konstitutsiya moddalari asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat hokimiyati tizimida tutgan o‘rni va roli konstitutsiya qoidalari asnosida ochib beriladi. Hokimiyat vakolatlari taqsimlanishi prinsipiga ko‘ra, davlat rahbarining qanday maqomda turishiga oid xorijlik olimlarning nazariy-ilmiy fikr va mulohazalari o‘rganilib, bosh qomus asosida davlat rahbarining hokimiyat tarmoqlari tizimidagi muhim vazifalari ko‘rsatib beriladi. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat boshlig‘i bo‘lib, davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishi va hamkorligini ta’minlaydi. Bunda Prezident Vazirlar Mahkamasi rahbari Bosh vazirning nomzodini taqdim etishi, hukumat a’zolarini lavozimga tayinlashda uning parlament palatalari bilan bo‘ladigan o‘zaro aloqalari, shuningdek, yangi tartibga ko‘ra vazirliklar huzurida tashkil etiladigan qo‘mita va agentliklar hamda boshqa davlat boshqaruvi organlarining rahbarlarini tayinlashi kabi muhim tashkiliy-huquqiy masalalar ahamiyati ko‘rsatilgan. Shuningdek, maqolada xorijiy mamlakatlarda hukumatning davlat rahbari va parlament yuqori palatasi tomonidan hamkorlikda shakllantirilishiga oid konstitutsiyaviy tartiblar keltirib o‘tilgan.

Other Books From - 12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi

About the author

Hoshimxonov Ahrorxon Muminovich

ORCID: 0000-0003-4372-7173

Read More

 Orqaga