Oilada mulkiy nizolarni sudgacha hal etishning alternativ vositasi sifatida oilaviy huquqiy shartnomalarning yuridik tabiati
Maqolada oilaviy nizolar va ularni oila aʼzolari tomonidan hal etishning ijtimoiy-huquqiy jihatlariga ahamiyat qaratiladi. Muallif oilaviy nizolar kundan kunga ko‘payib, mulkiy nizolarning sud jarayonlarida hal qilinishi uzoq muddat davom etishiga sabab bo‘layotgan masalalarni tahlil qiladi. Sudgacha bo‘lgan jarayonda oilada mulkiy nizolarni hal qilishning muqobil vositasi hisoblangan oilaviy-huquqiy shartnomaning huquqiy tabiati ko‘rib chiqiladi. Muallif oilaviy huquqiy shartnoma er va xotin o‘rtasidagi umumiy mulkni taqsimlash, aliment to‘lash majburiyatlari va boshqa mulkiy masalalar bo‘yicha nizolarni hal etishda samarali vosita ekanligiga eʼtibor qaratadi. Maqolada bu kabi shartnomalarni tuzishning asosiy huquqiy jihatlari, ularning majburiy yozma shakli, amal qilish shartlari va mazmuniga qo‘yiladigan talablar tahlil qilinadi. Oilaviy-huquqiy shartnomalar asosida vujudga keladigan majburiyatlarning bajarilishi kafolatlari, ularning oilaviy huquqiy munosabatlardagi barcha ishtirokchilarning huquq va manfaatlarini taʼminlashdagi ahamiyati ham ko‘rib chiqiladi. Bunday shartnomalarning sudlar tomonidan tan olinishi va ularni ijro etish sohasidagi huquqni qo‘llash amaliyoti masalalariga alohida eʼtibor qaratiladi. Muallif, shuningdek, aholi o‘rtasida sotsiologik so‘rov o‘tkazib, fuqarolarning oilaviy-huquqiy shartnomalarga nisbatan munosabati va bu mexanizmdan amalda foydalanishga tayyorligini aniqladi. So‘rov maʼlumotlari asosida fuqarolarning nizolarni shartnoma asosida hal qilishning huquqiy imkoniyatlaridan qanchalik xabardorligini namoyon etuvchi tahliliy ma’lumot taqdim etildi. Muallif oilaviy-huquqiy shartnoma fuqarolik va oila huquqining muhim elementi ekanligi hamda nizolarni tinch yo‘l bilan hal qilishga yordam berishini hisobga olib, mulkni taqsimlashda er-xotinning manfaatlari muvozanatini taʼminlashi mumkin, degan xulosaga keladi.
Other Books From - 12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Fuqarolik huquqida benefitsiar mol-mulkning fuqarolik-huquqiy maqomi
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Raximova Dilorom Xaitbayevna
Jahon savdo tashkiloti doirasida savdoni xalqaro xususiy-huquqiy tartibga solish (Oʻzbekiston misolida)
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Yakubov Aybek Baxramovich
Katta raqamli ma’lumotlarni (Big Data) fuqarolik-huquqiy tartibga solish
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Tojiboyev Sarvar Zafarovich
MEROS MUNOSABATLARIDAN KELIB CHIQADIGAN NIZOLARINING TURLARI VA ULARNING HUQUQIY TABIATI
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Soliyeva Kamola Rustamjon qizi
Elektron oldi-sotdi shartnomaviy munosabatlarda axborot vositachisining fuqarolik huquqiy javobgarligi
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Zarifa Ubaydullaeva
The Role of International Cooperation in Combating Cryptocurrency-Facilitated Darknet Markets
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq, 12.00.10 - Xalqaro huquq
Abdullaeva Saboxat Asatullo qizi
Правовые Основы Обращения С Электронными Отходами В Законодательстве Республики Узбекистан
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Рахматова Дилафруз Ихтиёр кизи
ISLOM MOLIYASI NORMALARIGA MUVOFIQ MUDORABA SHARTNOMASIDA KAPITAL KAFOLATI MASALALARI
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Qilichova Munira Azimjon qizi
About the author
Other Books By - Saydivaliyeva Xurshida Xodjiakbarovna
Orqaga
Xorijiy davlatlarda oilaviy munosabatlarni tartibga solishning o‘ziga xos jihatlari va oilaviy-huquqiy shartnomalar