Xorijiy davlatlarda oilaviy munosabatlarni tartibga solishning o‘ziga xos jihatlari va oilaviy-huquqiy shartnomalar
Oila erkak va ayol o‘rtasidagi rasmiy nikohga asoslangan, ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi munosabatlardan tashkil topgan, jamiyatning axloqiy me’yorlari va qoidalari qo‘llab-quvvatlanadigan, insoniyat madaniyatini kelajak avlodga yetkazib beradigan hamda uni rivojlantiradigan birlamchi ijtimoiy guruh hisoblanadi. Bugungi kunda mazkur institutni mustahkamlashning ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy asoslarini takomillashtirishga e’tibor qaratilmoqda. Nikoh va oilaviy munosabatlar, oila a’zolarining o‘zaro mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarini himoya qilish, oilaviy majburiyatlarni bajarish kabi masalalar dolzarb sanaladi. Ushbu o‘rinda oilaviy huquqiy shartnoma oilaviy munosabatlarni tartibga solish vositasi sifatida alohida ahamiyatga egaligiga qaramay, bugungi kunga kelib nikohlanuvchilar tomonidan kam darajada tuzilganligi kuzatiladi. Bu borada oila huquqi nazariyasi va oila qonunchiligida o‘rganilishi va tadqiq qilinishi lozim bo‘lgan masalalar mavjud. Shu jumladan, oilaviy munosabatlarni tartibga solishda dispozitiv mexanizmlardan foydalanish va bu boradagi amaliyotni o‘rganish ham muhim sanaladi. Xususan, oilaviyhuquqiy shartnoma tushunchasi, mazmuni hamda turlari, tasnifi, yuridik tabiati bilan bog‘liq masalalar bilan bir qatorda qiyosiy huquqiy tahlil asosida xorijiy mamlakatlarda oilaviy munosabatlarning o‘ziga xosligi, oilaviy shartnomalarning o‘rni va shakllariga oid o‘rganishlar muhim. Ilmiy adabiyotlarda oilaviy-huquqiy shartnoma, uning yuridik tabiati, turlari, tasnifiga oid o‘rganishlar yetarli darajada deb bo‘lmaydi. Maqolada xorijiy mamlakatlarda oilaviy huquqiy sharnoma turlari va ularning qaysi munosabatlarni tartibga solishga qaratilganligi, sud-huquq amaliyoti va unda shartnomaning o‘rni kabi masalalar tahlil qilinadi. Muallif tomonidan qiyosiy tahlil natijasida oilaviy shartnomaning oilaviy munosabatlarni tartibga solishdagi roliga e’tibor qaratilib, tahlil natijalari asosida xulosa va takliflar keltiriladi.
Other Books From - 12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Nazorat qiluvchi aksiyadorlar xulq-atvori tartibga solinishining qiyosiy-huquqiy tadqiqoti
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Abdurazakov Bexzod Abdusamatovich
Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash bo‘yicha alohida ish yuritish
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Nasullayev Mubin Nutfullayevich
Korporativ nizolarda aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish muammolari
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Valeyev Damir Rishatovich
O‘zbekiston Respublikasida qo‘shma korxonalarni tashkil etish va ularning faoliyatini fuqarolik-huquqiy tartibga solish
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Samarxo‘jayev Botir Bilalovich
Shaxsiy (personal) ma’lumotlarning fuqarolik-huquqiy muhofazasi
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Paluaniyazov Xalmuhammed Aytjanovich
Moliya bozorida robot-maslahatchilarning fuqarolik-huquqiy maqomi
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Nabirayeva Zarnigor Akmalovna
Raqamli moliyaviy xizmatlar koʻrsatishni huquqiy tartibga solish muammolari
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Xazratqulov Odilbek Tursunovich
Oilaviy munosabatlarni shartnomaviy-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Saydivalieva Xurshida Xodjiakbarovna
About the author
Other Books By - Saydivaliyeva Xurshida Xodjiakbarovna
Orqaga
Oilada mulkiy nizolarni sudgacha hal etishning alternativ vositasi sifatida oilaviy huquqiy shartnomalarning yuridik tabiati