No Image Available

Ayollar huquqlarini himoya qilish va gender asosidagi zo‘ravonlikka qarshi kurash: nazariy konsepsiyalar, xalqaro huquqiy standartlar va O‘zbekiston tajribasi

лв0
 Format: Monografiya  Tur: Seriyasiz nashr  Muallif: Aliyeva Kamola Ravshanovna, Inoyatova Sohiba Fazilovna  Soha: 12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq  Chop etilgan sana: 01.12.2025  Sahifalar soni: 136  Davlat: O‘zbekiston  Tillar: O‘zbek  Ta'lim bosqichi: Oliy ta'limdan keyingi ta'lim More Details  Download
 Tasnif:

Mazkur monografiyada ayollar huquqlarini himoya qilish va gender asosidagi zo‘ravonlikka qarshi kurash masalalarining nazariy asoslari, xalqarohuquqiy standartlar va ularning O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida implementatsiyasi chuqur tahlil qilinadi. Xususan, BMTning Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllarini bartaraf etish to‘g‘risidagi konvensiyasi (CEDAW) kabi xalqaro huquqiy hujjatlar va milliy qonunchilik normalarining qiyosiy va integrativ tahlili amalga oshirilgan. Shuningdek, ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi milliy qonunchilik va institutsional mexanizmlar, sud-huquq amaliyoti hamda davlat organlarining mazkur sohadagi faoliyati tahlil qilingan. Gender tengligiga erishishda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy omillarning roli, gender stereotiplari va ularning huquqni qo‘llash amaliyotiga ta’siri o‘rganilgan. Monografiya yakunida O‘zbekiston Respublikasida gender tengligini mustahkamlash va zo‘ravonlikni kamaytirish borasida tegishli tavsiyalar berilgan. Mazkur monografiya oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilar, huquqshunoslar, sud-huquq organlari vakillari, davlat idoralari hamda fuqarolik jamiyati institutlari xodimlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, gender tengligini ta’minlash va ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha xalqaro tajribani O‘zbekiston sharoitida qo‘llash imkoniyatlarini chuqur o‘rganishga qaratilgan.

Other Books From - 12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq

About the author


 Orqaga