Maʼmuriy islohotlar davrida oliy taʼlim sohasini 2030-yilgacha rivojlantirishning maʼmuriy-huquqiy jihatlari
Ushbu maqolada mamlakatimizda olib borilayotgan maʼmuriy islohotlarning bir qismi boʻlgan oliy taʼlimni 2030-yilga qadar rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi, milliy va xorijiy olimlarning ilmiy ishlari hamda statistik maʼlumotlar, maʼmuriy islohotlarning mazmun-mohiyati, boshqaruvni amalga oshirishning oʻziga xos xususiyatlari tahlil qilindi. Milliy qonunchilikni oʻrganish barobarida oliy taʼlim tashkilotlarining rivojlanishi, davlatning bu sohada oʻz oldiga qoʻygan maqsad va vazifalariga erishish yoʻlidagi qilinishi lozim boʻlgan masalalar yoritib berildi. Shuningdek, axborot va raqamlashtirish asrida oliy taʼlim sohasini tashkil etish va boshqaruvini takomillashtirish, davlat organlari bilan oliy taʼlim tashkilotlarining oʻzaro munosabatini tartibga solish hamda muvofiqlashtirish holatlari tahlil etildi. Davlat va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga taqdim etilgan preferensiyalarning oʻzaro nisbati oʻrganildi. Xorijiy tajriba asosida boshqaruvni tashkil etish masalasi koʻtarilib, qiyoslash usullaridan foydalangan holda umumiylik, oʻxshashlik va oʻziga xosliklar oʻrganildi, tegishli xulosalar chiqarilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ilmiy-tadqiqot ishlari yoʻnalishlari haqida taklif-tavsiyalar bildirildi. Shuningdek, davlat-xususiy sherikchilik munosabatlariga eʼtibor qaratgan holda oliy taʼlim tashkilotlarining ichki va tashqi boshqaruvi sohasidagi ayrim jihatlari tahlil qilinib, taʼlim xablarini yaratishning ijobiy holatlari ochib berilgan.
Other Books From - 12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
O‘zbekiston Respublikasida migratsiya jarayonlarini ma’muriy-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish
12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
G‘oyibov Jo‘rabek Choriyevich
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tartibga solish ta’sirini baholash: nazariya va amaliyot masalalari
12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
Ro‘ziyev Ahror Ikromovich
Ichki ishlar organlarida intizomiy jazo choralarini qo‘llashning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish
12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
Avliyaqulov Sunnatulla Xolmurod o‘g‘li
O‘zbekiston Respublikasida banklar faoliyatini tartibga solishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish
12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
Mustanov Ilxom Abdivalijonovich
DXX chegara qo‘shinlarining ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish faoliyatini takomillashtirish
12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
Xolbo‘tayev Abdug‘ani Abduraximovich
INTERNETDAN FOYDALANISH HUQUQINING KONSTITUTSIYAVIY-HUQUQIY ASOSLARI
12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
Qudratillayev Jahongir Zokirjon o'g'li
OʻZBEKISTON VA QOZOGʻISTONDA MAHALLIY HOKIMIYAT VAKILLIK ORGANLARI FAOLIYATINING OCHIQLIGINI TAʼMINLASHNING TASHKILIY-HUQUQIY MASALALARI
12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
Kuatbekov Gulnar Kuatbekovna
Xalqaro standartlar asosida bojxona nazoratini soddalashtirishni huquqiy taʼminlash
12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
Ibragimov Otabek Ismoilovich
About the author
Orqaga