Voyaga yetmaganlarni oʻz joniga qasd qilish darajasiga yetkazish jinoyatini sodir etgan shaxslarning kriminologik tavsifi
Mazkur maqolada voyaga yetmaganlarni oʻz joniga qasd qilish darajasiga yetkazish jinoyatini sodir etgan shaxslarning kriminologik tavsifiga doir masalalar bayon etilgan. Bundan tashqari, voyaga yetmaganning oʻz joniga qasd qilishdagi jinoyatchi shaxs tushunchasi, uning ijtimoiy-demografik, biofiziologik va ma’naviy-ruhiy tavsifi tahlil etilib, olimlarning bu boradagi fikrlari oʻrganilgan. Muallif maqolada oʻz fikrlarini bayon etish orqali voyaga yetmaganning oʻzini oʻzi oʻldirish darajasiga yetkazgan jinoyatchining shaxsiga “Shaxs, ijtimoiylashuv jarayonida oʻziga jamiyatda oʻrnatilgan odob-axloq normalari va qoidalarini mensimaydigan, shaxs, jamiyat va davlat manfaatlariga bepisand, oʻz xatti-harakatining jamoat xavfliligiga zid ekanligini bilishiga qaramay, ularga rioya qilmaslik va buzishga moyil boʻlgan xulq-atvorga ega shaxs”, degan ta’rifni ham berib oʻtadi. Bundan tashqari, maqolada muallif jinoyatchilarni “zoʻravon”, “g‘arazgoʻy”, “mansabparast”, “oʻynoqi” va “qasoskor” hamda “himoyachi” kabi tasniflarga boʻlib oʻrganadi. Tadqiqotda voyaga yetmaganning oʻz joniga qasd qilishda aybdor boʻlgan shaxslarga nisbatan qoʻzg‘atilgan jinoyat ishi materiallarini oʻrganish natijasida aksariyat hollarda ushbu jinoyatdan jabrlangan shaxslarga nisbatan ruhiy tazyiq oʻtkazish bilan bog‘liq zoʻravonlik oqibatida sodir etilganligi aniqlangan.
Other Books From - 12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Kompyuter jinoyatlari, jinoiy-huquqiy va kriminologik jihatlar
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Rasulev Abdulaziz Karimovich
Subyektiv tomon belgilari bo‘yicha og‘irlashtiruvchi holatlarda qasddan odam o‘ldirish uchun javobgarlik
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Krutko Olesya Grigoryevna
O‘zbekistonda advokaturaning tashkil etilishi va rivojlanishi
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Maxbubov Mo‘min
Badanga og‘ir shikast yetkazishga qarshi kurashning jinoyat-huquqiy muammolari (O‘zbekiston SSR materiallari asosida)
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Tohirov Farhod
Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashning jinoyat-huquqiy va kriminologik muammolari
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Ne’matov Jasur Aminjonovich
Shaxsga qarshi qaratilgan og‘ir zo‘ravonlik jinoyatlarining kriminologik tavsifi va ularning olidini olish (qasddan odam o‘ldirish, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, nomusga tegish)
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Xamidov Jasur Xamidovich
Urush qonunlari va odatlarini buzganlik uchun javobgarlik to’g’risidagi jinoyat qonunchiligini takomillashtirish
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Safayev Firuz Xabibullayevich
Huquqbuzarliklar profilaktikasida O’zbekiston kasaba uyushmalarining huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan o’zaro hamkorligi
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Bikbulatov Albert Nurislamovich
About the author
Other Books By - Ismailov Ahmad Ismailovich
Orqaga
Voyaga yetmaganlarni o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish va undash jinoyatlari profilaktikasi