Voyaga yetmaganlarni oʻz joniga qasd qilish darajasiga yetkazish jinoyatini sodir etgan shaxslarning kriminologik tavsifi
Mazkur maqolada voyaga yetmaganlarni oʻz joniga qasd qilish darajasiga yetkazish jinoyatini sodir etgan shaxslarning kriminologik tavsifiga doir masalalar bayon etilgan. Bundan tashqari, voyaga yetmaganning oʻz joniga qasd qilishdagi jinoyatchi shaxs tushunchasi, uning ijtimoiy-demografik, biofiziologik va ma’naviy-ruhiy tavsifi tahlil etilib, olimlarning bu boradagi fikrlari oʻrganilgan. Muallif maqolada oʻz fikrlarini bayon etish orqali voyaga yetmaganning oʻzini oʻzi oʻldirish darajasiga yetkazgan jinoyatchining shaxsiga “Shaxs, ijtimoiylashuv jarayonida oʻziga jamiyatda oʻrnatilgan odob-axloq normalari va qoidalarini mensimaydigan, shaxs, jamiyat va davlat manfaatlariga bepisand, oʻz xatti-harakatining jamoat xavfliligiga zid ekanligini bilishiga qaramay, ularga rioya qilmaslik va buzishga moyil boʻlgan xulq-atvorga ega shaxs”, degan ta’rifni ham berib oʻtadi. Bundan tashqari, maqolada muallif jinoyatchilarni “zoʻravon”, “g‘arazgoʻy”, “mansabparast”, “oʻynoqi” va “qasoskor” hamda “himoyachi” kabi tasniflarga boʻlib oʻrganadi. Tadqiqotda voyaga yetmaganning oʻz joniga qasd qilishda aybdor boʻlgan shaxslarga nisbatan qoʻzg‘atilgan jinoyat ishi materiallarini oʻrganish natijasida aksariyat hollarda ushbu jinoyatdan jabrlangan shaxslarga nisbatan ruhiy tazyiq oʻtkazish bilan bog‘liq zoʻravonlik oqibatida sodir etilganligi aniqlangan.
Other Books From - 12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
About the author
Orqaga