Tasnif:

Mazkur maqolada fuqarolik sud ishlarini yuritishda javobgar manfaatlarini himoya qilishning dolzarb protsessual masalalari haqida fikr bildirilgan. Unda javobgar huquq va manfaatlarini himoya qilishning protsessual vositalari sifatida eʼtiroz va qarshi daʼvo masalalari, ularning bir-biridan oʻxshash va farqli jihatlari, mazkur institutlarning sud amaliyotidagi oʻrni, ilmiy tadqiqotlardagi munozarali jihatlari, fuqarolik sud ishlarini yuritishda taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi haqidagi fikr-mulohazalar, taklif-tavsiyalar yoritilgan. Shuningdek, taraflarga berilgan teng huquq va imkoniyatlar sifatida sirtdan hal qiluv qarori, sud buyrugʻi ustidan shikoyat berish tartib-taomillari, daʼvoni taʼminlash oqibatlarini tugatish boʻyicha javobgarga berilgan protsessual imkoniyatlar haqida fikrlar bildirilgan. Maqolada teng huquqlilik va tortishuvchanlikni ifodalovchi protsessual institutlarning qiyosiy tahlili koʻrsatilgan boʻlib, unga koʻra daʼvogar va javobgarga teng huquq va imkoniyatlar berilishi, dastlabki daʼvo bilan qarshi daʼvoning oʻzaro bogʻliqligi va xususiyatlari ochib berilgan. Bundan tashqari, taraflar bilan bir qatorda ishda ishtirok etuvchi prokuror, vakil (advokat), ekspert, mutaxassis, guvoh va boshqalarning sud muhokamasidagi protsessual huquqiy maqomi, ularning isbotlash jarayonidagi tengligi va tortishuvchanligining muhim koʻrinishlari tadqiq etilgan. Shu bilan birga, maqolada “Taraqqiyot strategiyasi” doirasida sud protsessida tomonlarning haqiqiy tenglik va tortishuvchanlik prinsiplarini roʻyobga chiqarishning aniq protsessual mexanizmlari haqida takliftavsiyalar berilgan.

 

Other Books From - 12.00.04 - Fuqarolik protsessual huquqi. Xoʻjalik protsessual huquqi. Hakamlik jarayoni va mediatsiya

About the author

Esanova Zamira Normurotovna

ORCID: 0000-0003-2140-8067

Read More

Other Books By - Esanova Zamira Normurotovna


 Orqaga