No Image Available

Soliqqa oid maʼmuriy huquqbuzarliklar va ularni sodir etganlik uchun javobgarlik

 Muallif: Ergashev Ikrom Abdurasulovich  Soha: 12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi  Nashriyot: Toshkent davlat yuridik universiteti  Chop etilgan sana: 26.03.2024  Davlat: O'zbekiston  Tillar: O'zbek  Kalit soʻzlar: huquqbuzarlik | huquqbuzarliklar | javobgarlik | maʼmuriy javobgarlik | moliyaviy javobgarlik | soliq intizomi | soliq majburiyati | soliq tizimi | soliq toʻlovchi | soliqlar turlari | yuridik javobgarlik | More Details  Download
 Tasnif:

Ushbu ilmiy maqolada soliq intizomini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlikning huquqiy asoslari tizimli tahlil qilingan. Hozirga qadar soliq intizomini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlikning ilmiy asoslari chuqur tadqiq etilmagan. Shu bois sohaga oid amaliyot kuzatildi. Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda soliq intizomini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik masalasi huquqiy va iqtisodiy jihatdan yetarlicha oʻrganilmagani asoslandi. Soliq intizomini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlikning nazariy jihatlarini yoritib berishga harakat qilindi. Shuningdek, bugungi kunda dolzarb hisoblangan javobgarliklar toifasi – “soliq intizomini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik” tushunchasining mazmun-mohiyati tahlil etildi. Maqolada xorijiy mamlakatlar qonunchiligi boʻyicha qiyosiy tahlil bilan birga, amaldagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish asosida soliq intizomini buzish holatlarini kamaytirish imkoniyati va yaqin kelajakda qilinishi lozim boʻlgan harakatlar yoritilgan. Muallif ushbu masalalarning huquqiy yechimini topishda soliq intizomini taʼminlash, soliq madaniyatini yuksaltirish va axborot texnologiyalarini qoʻllashni kengaytirish asosiy yoʻnalish boʻlishi zarur, degan qatʼiy pozitsiyani ilgari suradi. Shuningdek, ushbu sohadagi mavjud muammolar tahlilidan kelib chiqib taklif va tavsiyalarini ilgari suradi.


 Orqaga