Soliq intizomini buzgаnlik uchun yuridik jаvobgаrlikning ilmiy-nаzаriy tаhlili
Ushbu ilmiy maqolada soliq intizomini buzganlik uchun yuridik javobgarlikning huquqiy asoslari tizimli tahlil qilingan. Hozirga qadar soliq intizomini buzganlik uchun yuridik javobgarlikning ilmiy asoslari chuqur tadqiq qilinmagan. Shu bois sohaga oid amaliyot kuzatildi. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda soliq intizomini buzganlik uchun yuridik javobgarlik masalasi yetarlicha huquqiy va iqtisodiy jihatdan o‘rganilmaganligi asoslanadi. Soliq intizomini buzganlik uchun yuridik javobgarlikning nazariy jihatlarini yoritib berishga harakat qilingan. Shuningdek, bugungi kunda dolzarb hisoblangan javobgarliklar toifalari – “soliq intizomini buzganlik uchun moliyaviy javobgarlik”, “soliq intizomini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik” va “soliq intizomini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik” tushunchalarining mazmun-mohiyati tahlil etilgan. Muallifning xorijiy mamlakatlar qonunchiligi bo‘yicha qiyosiy tahlili maqolaning o‘ziga xos jihatlarini aks ettirishga xizmat qilgan. Mazkur maqolada amaldagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish asosida O‘zbekistonda soliq tizimiga sunʼiy intellektni joriy etish orqali soliq intizomini buzish holatlarini kamaytirish imkoniyati va yaqin kelajakda qilinishi lozim bo‘lgan ishlar yoritilgan. Muallif ushbu masalalarning huquqiy yechimini topishda asosiy yo‘nalish soliq intizomini taʼminlash, soliq madaniyatini yuksaltirish va axborot texnologiyalarini qo‘llashni kengaytirish bo‘lishi zarur, degan qatʼiy pozitsiyani ilgari suradi. Shu bilan birga, maqolada ushbu sohadagi mavjud muammolar tahlilidan kelib chiqib, taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.
Other Books From - 12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
Oʻzbekiston SSR sovetlari sezdlari delegatlari va ular faoliyatining huquqiy shakllari
12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
Shatursunov Marat Xamdamovich
Oʻzbekiston SSRda sogʻliqni saqlashni boshqarish
12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
Gulyamov Marat Urunbayevich
Ittifoqdosh respublika Oliy Sovetining Prezidiumi
12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
Ernest Emmanuilovich Chudnovskiy
Mehnatkashlar deputatlari mahalliy sovetlarining tashkil etilishi va faoliyatida sotsialistik qonuniylikni taʼminlash (Oʻzbekiston SSR materiallari asosida)
12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
Tadjibaeva Marxamat XXX
Ittifoqdosh respublikaning davlat qurilishi sohasidagi vakolatlari (Oʻzbekiston SSR materiallari asosida)
12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
Mixaylov Azarya Natanalovich
Oʻzbekiston SSRda tabiatni muhofaza qilishning davlat boshqaruvi
12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
Mamatov Safar XXX
Mahalliy sovetlar deputatlarining huquqiy maqomi va ularning faoliyat koʻrsatishining asosiy shakllari (Oʻzbekiston SSR materiallari asosida)
12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
Alimjanov Aman Xamidovich
Ittifoqdosh respublikada jismoniy tarbiya va sportni boshqarishning tashkiliy-huquqiy masalalari (O‘zbekiston SSR materiallari asosida)
12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
Ishenko Stanislav Andreyevich
About the author
Orqaga