No Image Available

O‘zbekistonda “bir makon, bir yo‘l” tashabbusini amalga oshirishning huquqiy jihatlari: xitoylik investorlar uchun imkoniyatlar va xatarlar

лв0
 Format: Ilmiy maqola  Tur: “Yurisprudensiya” huquqiy ilmiy-amaliy jurnali, 2024-yil 4-son  Muallif: Xun Veysin  Soha: 12.00.10 - Xalqaro huquq  Ta'lim bosqichi: Oliy ta'limdan keyingi ta'lim  Nashriyot: Toshkent davlat yuridik universiteti  Chop etilgan sana: 23.08.2024  Davlat: O'zbekiston  Tillar: Русский  Kalit soʻzlar: bir makonbir yoʻlhuquqiy tartibga solishinvestitsiyalarinvestitsiyalarni himoya qilishkorporativ huquqmahalliylashtirishOʻzbekistonqonunchilikni uygʻunlashtirishxitoy |  Download
 Tasnif:

Ushbu maqolada “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusining Oʻzbekistondagi huquqiy muhitga taʼsiri xitoylik investorlar uchun istiqbol va qiyinchiliklar nuqtayi nazaridan tahlil qilindi. Unda Oʻzbekiston qonunchiligi va meʼyoriy-huquqiy bazasidagi, jumladan, investitsiyalar, maxsus iqtisodiy zonalar, davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi yangi qonunlardan oʻrin olgan asosiy oʻzgarishlar, Soliq kodeksiga kiritilgan tuzatishlar o‘rganilgan. Investitsiyalarni himoya qilishning huquqiy kafolatlarini tahlil qilish, korporativ huquqning oʻziga xos xususiyatlari, iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarini tartibga solish, biznesni mahalliylashtirish va mahalliy qonunchilikka rioya qilish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Investorlar uchun kafolatlarni kengaytirish va ularning fiskal yukini kamaytirish boʻyicha ijobiy siljishlar qayd etildi. Shuningdek, maqolada “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusini amalga oshirish kontekstida Oʻzbekiston huquqining Xitoy va xalqaro normalar bilan uygʻunlashuvi dinamikasi baholandi. Oʻzbekiston normativ-huquqiy bazasini ilgʻor xalqaro tajribalarga muvofiq tarzda yanada modernizatsiya qilish zarurligi taʼkidlandi. Yakunda “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusi ishtirokchi mamlakatlarning milliy qonunchiligini isloh qilish uchun samarali tashqi katalizator boʻlib xizmat qilishi mumkin, degan xulosaga kelindi. Biroq bu jarayon bosqichli, muvozanatli boʻlishi va barcha tomonlarning manfaatlari hisobga olinishi kerak.

Other Books From - 12.00.10 - Xalqaro huquq

About the author

Xun Veysin

ORCID: 0009-0004-3526-3588

Read More

 Orqaga