No Image Available

Oliy ta’lim transformatsiyasi Yunеskoning “Oliy ta’limga oid malakalarni tan olish to‘g‘risida”gi global konvensiyasini ratifikatsiya qilish zarurati

лв0
 Format: Elektron nusxa, Ilmiy maqola  Tur: “Yuridik fanlar axborotnomasi - Вестник юридических наук - Review of Law Sciences” ilmiy-amaliy huquqiy jurnali, 2023-yil 4-son  Muallif: Yakubov Shuhrat Ummataliyevich  Soha: 12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi  Ta'lim bosqichi: Oliy ta'limdan keyingi ta'lim  Nashriyot: Toshkent davlat yuridik universiteti  Chop etilgan sana: 21.12.2023  Davlat: O'zbekiston  Tillar: O'zbek  Kalit soʻzlar: akademik mobillikglobal konvensiyailmiy darajailmiy unvonmalakalarni tan olishmilliy malakalaroliy ta’limratifikatsiyatranschegaraviy ta’limtransformatsiya |  Download
 Tasnif:

Ushbu maqolada YUNЕSKOning “Oliy ta’limga oid malakalarni tan olish to‘g‘risida”gi Global konvensiyasi SWOT-tahlil metodi asosida ilmiy tadqiq qilingan. Mazkur xalqaro konvensiyani O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilish zarurati, uning kuchli va zaif jihatlari, imkoniyat va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlar haqida mulohazalar ilgari surilgan. Hozirgi kunga qadar ushbu Global konvensiyani ratifikatsiya qilgan davlatlar amaliyoti o‘rganilgan. Oliy ta’limni transformatsiya qilishda mazkur konvensiyaga qo‘shilish asosida erishiladigan natijalar ilmiy-huquqiy prognoz qilingan. Shuningdek, transchegaraviy ta’limni tan olish sohasidagi umumiy yo‘nalish, yondashuv hamda mexanizmlar asosida O‘zbekiston milliy qonunchiligi va amaliyotini isloh qilish masalalari ko‘rib chiqilgan. Jismoniy shaxslarning oliy ta’limga oid malakalarining adolatli va shaffof tarzda, hech qanday kamsitishlarsiz tan olinish huquqi dunyoning barcha mamlakatlarida so‘zsiz kafolatlanishi zarurligi qayd etilgan. Shundan kelib chiqib, O‘zbekistonning ushbu konvensiyaga qo‘shilishi, zarur tashkiliyhuquqiy va institutsional mexanizmlarni shakllantirish masalalari ilmiy tahlil qilingan. Tadqiqot yakunida ayrim kelib chiqishi mumkin bo‘lgan xavflar, xatarlarga qaramasdan, O‘zbekiston tomonidan Global konvensiya tezroq ratifikatsiya qilinishi zarur, degan xulosaga kelingan. Mahalliy oliygohlarning dunyoning yetakchi universitetlari bilan integratsiyasi kuchayishi, xalqaro reytinglardagi o‘rni oshishi, ta’lim xizmatlarining tashqi bozorga chiqishi va eng muhimi, insonlarning oliy ta’lim olish huquqini ta’minlash uchun ushbu konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi zarurligi ilmiy asoslangan.

Other Books From - 12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi

About the author

Yakubov Shuhrat Ummataliyevich

ORCID: 0000-0002-1512-9013

Read More

 Orqaga