No Image Available

-LA + -SH va -LASH affiksli soʻzshakllar orasidagi omonimiya

 Muallif: Ziyamuxamedova Shahnoza Tolkunovna  Soha: 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha)  Nashriyot: Toshkent davlat yuridik universiteti  Chop etilgan sana: 24.06.2024  Davlat: O'zbekiston  Tillar: O'zbek  DOI: 10.51788/tsul.jurisprudence.4.3./PNDK3848  Kalit soʻzlar: affikslar tizmasi | feʼl nisbatlari | feʼl turkumi | nisbat koʻrsatkichlari | omoaffiks | omonimiya | qoʻshma affiks | semantik munosabatlar | soʻzshakllar | More Details  Download
 Tasnif:

Maqolada oʻzbek tilida qoʻshma affiks va affikslar tizmasidagi omonimiyaga oid affikslarni guruhlarga ajratish, ular oʻrtasidagi semantik munosabatlar, ularning semantik-struktur xususiyatlarini aniqlash, bundan omoaffikslarni tartibga solish yuzasidan fikrlar bildirilgan. Jumladan, Oʻzbekistonning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasini lisoniy oʻrganib, omoaffikslarning qoʻllanishi, xususan, mazkur ishimizda tadqiq qilinayotgan -lash hamda -la + -sh affikslarini oʻrganilgan. Feʼl soʻz turkumlari orasida oʻzining murakkabligi, munozarali tomonlarining koʻpligi bilan ajralib turadi. Feʼllarda mana shunday muammolardan biri koʻp yillardan beri tilshunos olimlarning diqqat-eʼtiborini tortib kelayotgan -lash affiksini baholash, uning maʼno xususiyatlarini oʻrganishdir. Maʼlumki, nutqda bu affikslar bilan yasaluvchi feʼllarning soʻzshakllariga -la + -sh affikslar tizmasi qatnashadigan feʼl soʻzshakllari omonim boʻlib keladi. Maqolada -la affiksi bilan yasalgan feʼl nisbatlarining turli koʻrsatkichlari bilan qoʻllanadi, -lash affiksi bilan yasalgan soʻzshakllariga omonimik munosabatda boʻladi. Feʼldagi mana shu jumboqli, bir-biriga bogʻliq masalalarni oʻrganish nazarda tutilgan. Oʻzbek tilshunosligida feʼl turkumining yoritilishi, xususan, shu mavzuni oʻrganishga bagʻishlangan tadqiqot ishlarining oʻrganib chiqilganligi haqida ham toʻxtalib oʻtilgan. Ayniqsa, -lash affiksi bilan hamda -la + -sh affikslari tizmasi bilan kelgan feʼllar “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”dan terib olingan, badiiy adabiyotlardan misollar toʻplangan. Toʻplangan maʻlumotlar mavjud nazariy fikrlar asosida tahlil qilingan.


 Orqaga