Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini takomillashtirish yuzasidan ayrim mulohazalar
Ushbu maqola Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxslarni himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini takomillashtirishga bagʻishlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan ishlab chiqilgan loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-noyabrdagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–200-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha 2023-2024-yillarga moʻljallangan davlat dasturining 3-bandida koʻzda tutilgan. Unda korrupsiya toʻgʻrisida xabar beruvchi shaxslarning huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini nazarda tutuvchi normativ huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqishda asosiy chora sanalgan korrupsiyaga oid xabarlarni qayta ishlash tizimini takomillashtirish vazifasi qoʻyilgan. Jumladan, O‘zbekistonda xabar beruvchi shaxsda korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar berishda g‘arazgo‘ylik, shaxsiy adovatga yo‘l qo‘ymaslik, xabar beruvchi shaxsga nisbatan uchinchi shaxslar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan tazyiq, ta’qib va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish maqsadida ushbu tushunchalarni tadqiq etish dolzarbdir. Shuningdek, mazkur loyiha doirasida o‘tkazilgan ilmiy tahlillardan kelib chiqib, mazkur qonun loyihasini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqilgan. Shu bilan birga, Rossiya Federatsiyasi va Belarus Respublikasining jinoyat qonunchiligi, shuningdek, huquqshunos olimlarning qarashlari ilmiy-nazariy jihatdan o‘rganilgan va muallif tomonidan olimlar bilan ilmiy bahs-munozaraga kirishilgan. Bundan tashqari, maqolada qonun loyihasidagi xabar qiluvchi shaxslarni himoya qilish va rag‘batlantirishning asosiy prinsiplari tahlil qilinib, mazkur tamoyillarni takomillashtirish yuzasidan zarur takliflar berilgan. O‘zbekistonda korrupsiyaviy jinoyatlarni tezkor fosh etish va oldini olishda xabar beruvchi shaxslarning roli va o‘rni o‘rganilgan.
Other Books From - 12.00.12 - Korrupsiya muammolari
Oliy ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini takomillashtirish
12.00.12 - Korrupsiya muammolari
Gʻaybullaev Farrux Yuldashevich
Oliy tа’lim sohаsidа korrupsiyaviy huquqbuzаrlik shаkllаri, tаsnifi vа o‘zigа xos xususiyatlаri
12.00.12 - Korrupsiya muammolari
Qo‘chqorov Zafarjon Qayumjon o‘g‘li
Korrupsiyaga qarshi kurashishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish (bojxona organlari misolida)
12.00.12 - Korrupsiya muammolari, 343.35 – Davlat boshqaruviga qarshi jinoyatlar. Xizmat bilan bogʻliq jinoyatlar va qoidabuzarliklar, 343.85 – Jinoyatlar oldini olish. Jinoiy profilaktika. Profilaktikaning ijtimoiy choralari. Voyaga yetmagalar jinoyatchiligining profilaktikasi.
Mavlonov Akmalxuja Yusupovich
Oliy taʼlim sohasida korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni aniqlash va ularni bartaraf etish masalalari
12.00.12 - Korrupsiya muammolari, 343.35 – Davlat boshqaruviga qarshi jinoyatlar. Xizmat bilan bogʻliq jinoyatlar va qoidabuzarliklar, 343.85 – Jinoyatlar oldini olish. Jinoiy profilaktika. Profilaktikaning ijtimoiy choralari. Voyaga yetmagalar jinoyatchiligining profilaktikasi.
Quchqarov Zafarjon Qayumjon o‘g‘li
Korruptsiyaga qarshi kurashishda qonun hujjatlari ta’sirini baholashning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish
12.00.12 - Korrupsiya muammolari
Aloev Ulugʻbek Maxmudovich
Qonunchilik hujjatlari loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizasi: qiyosiy-huquqiy tahlil
12.00.12 - Korrupsiya muammolari
Kenjayev Timur Isomovich
Korruptsion yo‘nalishdagi latent jinoyatlarni fosh etish usullarini takomillashtirish
12.00.12 - Korrupsiya muammolari
Ismoilov Olimjon Yusupjon oʻgʻli
About the author
Other Books By - Majidov Shahzod Abdixalil o‘g‘li
Orqaga
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarga himoya orderini taqdim etish masalalari