Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarga himoya orderini taqdim etish masalalari
Ushbu maqola Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-noyabrdagi PF–200-son “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha 2023–2024-yillarga moʻljallangan davlat dasturining 3-bandida korrupsiyaga oid xabarlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan belgilangan choratadbirlar doirasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarning huquqlarini himoya qilish yuzasidan tegishli himoya chorasi sifatida “Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar qiluvchi shaxslarni himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasida belgilashga bagʻishlangan. Ushbu maqolada mazkur himoya chorasi yuzasidan Buyuk Britaniya, Rossiya va boshqa davlatlar qonunchiligi tahlil qilingan. Tadqiqot davomida ushbu himoya chorasi yuzasidan xorijiy davlatlar qonunchiligidan kelib chiqib, ishlab chiqilayotgan qonun loyihasida xabar bergan shaxslarga himoya orderini berish bilan bogʻliq himoya chorasini ishlab chiqish yuzasidan asosli takliflar berilgan. Shuningdek, xabar berish instituti va xabar bergan shaxs tushunchasi yuzasidan ilmiy-nazariy tahlil o‘tkazilib, mazkur tushunchaga boʻyicha mualliflik taʼrifi ishlab chiqilgan.
Other Books From - 12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Davlat chegarasini kesib o‘tish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikni amalga oshirishda hudud masalasi
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Ushbu monografiyada O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat qonunining hudud bo‘yicha amal qilishi bilan bog‘liq nazariy ma’lumotlar umumiy tavsifi va O‘zbekiston Respublikasi hududi bilan bog‘liq retrospektiv tahliliy ma’lumotlar, davlat chegarasini kesib o‘tish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikni amalga oshirishda hudud masalasi amaldagi qonunchilik bayoni hamda ayrim xorijiy davlatlarnining jinoyat qonunining hudud bo‘yicha amal qilishi bilan bog‘liq masalalarni milliy qonunchilik bilan umumiylik va o‘ziga xoslilik jihatllari bo‘yicha qiyosiy-huquqiy tahlil o‘tkazish orqali o‘rganilgan. Ushbu monografiya oliy o‘quv yurtlari talabalari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari uchun mo‘ljallangan.
Qasddan badanga engil shikast etkazish jinoyatlarining barvaqt oldini olish boʻyicha Toshkent shahar Yashnobod tuman metodikasi
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Xojabekov Palmurza Kalmurzaevich, Hamidov Nurmuhammad Orif o‘g‘li
Oʻgʻrilik, qarshi kurashish va barvaqt oldini olish boʻyicha (Toshkent shahri Yashnobod tumani misolida) ilmiy-amaliy metodika
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Xudaykulov Feruzbek Xurramovich, Mirzayev G‘iyosbek Isroil o‘g‘li
Yoʻl-transport hodisalarining barvaqt oldini olish boʻyicha Yashnobod tumani boʻyicha huquq metodikasi
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Kurbanov Ma’rufjon Mamadaminovich, Shamsidinov Zayniddin Ziyoovidinovich
Jinoyat subyekti fakultativ belgilarining nazariy va amaliy jihatlari
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Karaketova Dilnoza Yuldashevna
Kiberfiribgarlikdan himoyalanish bo‘yicha amaliy metodik qo‘llanma
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Karimov Boburjon Zokirjonovich
Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish jinoyatining jinoiy-huquqiy jihatlari
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Siddiqjonov Muxtorjon Alisher oʻg‘li
Oʻzbekiston SSRda bezorilikka qarshi kurash qonunchiligi va amaliyotini takomillashtirish
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Umurov T U
About the author
Other Books By - Majidov Shahzod Abdixalil o‘g‘li
Orqaga
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini takomillashtirish yuzasidan ayrim mulohazalar