Jinoyatga suiqasd qilishning subyektiv tomoni
Mazkur maqolada jinoyatga suiqasd qilish, uning subyektiv belgilari yuridik fanda mavjud bo‘lgan konseptual yondashuvlar, ilmiy-nazariy qarashlar va sud amaliyoti materiallari asosida tahlil qilingan. Egri qasddan va ehtiyotsizlikdan sodir etiladigan jinoyatlarga suiqasd qilish mumkin emasligi muallif tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida isbotlangan. Aybdor shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglashi, ijtimoiy xavfli oqibatlarga ko‘zi yetishi va shunday oqibatlar kelib chiqishini istashi tufayli jinoyatga suiqasd qilish faqat to‘g‘ri qasd orqali ifodalanishi asoslantirilgan. Shuningdek, kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam o‘ldirish (JK 98-moddasi), zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib qasddan odam o‘ldirish (JK 100-moddasi) kabi subyektiv tomonining o‘ziga xos jinoyatlariga suiqasd qilish masalasi ilmiy qarashlar va sud hukmi tahlili asosida tadqiq etilgan. Shu bilan birga, jinoyatga suiqasd qilish subyektiv tomonining motiv, maqsad va emotsiya kabi belgilari, JK Maxsus qismida mazkur belgilar nazarda tutilgan hollarda, albatta, sodir etilgan qilmishda mazkur belgilarni aniqlash zarurligi o‘rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, jinoyatga suiqasd qilish faqat to‘g‘ri qasddan sodir etilishi masalasida amaldagi jinoyat qonunchiligiga o‘zgartirish kiritish zarurati keltirilgan.
Other Books From - 12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Davlat chegarasini kesib o‘tish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikni amalga oshirishda hudud masalasi
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Ushbu monografiyada O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat qonunining hudud bo‘yicha amal qilishi bilan bog‘liq nazariy ma’lumotlar umumiy tavsifi va O‘zbekiston Respublikasi hududi bilan bog‘liq retrospektiv tahliliy ma’lumotlar, davlat chegarasini kesib o‘tish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikni amalga oshirishda hudud masalasi amaldagi qonunchilik bayoni hamda ayrim xorijiy davlatlarnining jinoyat qonunining hudud bo‘yicha amal qilishi bilan bog‘liq masalalarni milliy qonunchilik bilan umumiylik va o‘ziga xoslilik jihatllari bo‘yicha qiyosiy-huquqiy tahlil o‘tkazish orqali o‘rganilgan. Ushbu monografiya oliy o‘quv yurtlari talabalari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari uchun mo‘ljallangan.
Qasddan badanga engil shikast etkazish jinoyatlarining barvaqt oldini olish boʻyicha Toshkent shahar Yashnobod tuman metodikasi
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Xojabekov Palmurza Kalmurzaevich, Hamidov Nurmuhammad Orif o‘g‘li
Oʻgʻrilik, qarshi kurashish va barvaqt oldini olish boʻyicha (Toshkent shahri Yashnobod tumani misolida) ilmiy-amaliy metodika
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Xudaykulov Feruzbek Xurramovich, Mirzayev G‘iyosbek Isroil o‘g‘li
Yoʻl-transport hodisalarining barvaqt oldini olish boʻyicha Yashnobod tumani boʻyicha huquq metodikasi
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Kurbanov Ma’rufjon Mamadaminovich, Shamsidinov Zayniddin Ziyoovidinovich
Jinoyat subyekti fakultativ belgilarining nazariy va amaliy jihatlari
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Karaketova Dilnoza Yuldashevna
Kiberfiribgarlikdan himoyalanish bo‘yicha amaliy metodik qo‘llanma
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Karimov Boburjon Zokirjonovich
Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish jinoyatining jinoiy-huquqiy jihatlari
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Siddiqjonov Muxtorjon Alisher oʻg‘li
Oʻzbekiston SSRda bezorilikka qarshi kurash qonunchiligi va amaliyotini takomillashtirish
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Umurov T U
About the author
Other Books By - Kamalova Dildora Gayratovna
Tamom boʻlgan va tamom boʻlmagan suiqasd
12.00.09 - Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi, 343.236.1 – Jinoyat sodir etishga suiqasd qilish.
Kamalova Dildora Gayratovna
Yaroqli va yaroqsiz jinoyatga suiqasd qilish
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Kamalova Dildora Gayratovna
Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish va majburan toʻxtatish holatlari tahlili
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Kamalova Dildora Gayratovna
Jinoyatga suiqasd qilishdan ixtiyoriy qaytishga oid konseptual qarashlar
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Kamalova Dildora Gayratovna
Ixtiyoriy qaytishning jinoyat tarkibi belgilariga koʻra tahlili
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Kamalova Dildora Gayratovna
Orqaga
Jinoyat sodir etish bosqichlarining nazariy va amaliy muammolari