Jinoiy ravishda homila tushirish jinoyati obyektiv tomonining ilmiy-nazariy jihatlari
Mazkur maqolada jinoiy ravishda homila tushirish (abort) jinoyati tushunchasi, o‘ziga xos xususiyatlari hamda jinoyat obyektiv tomonining o‘ziga xos xususiyatlari bayon etilgan. Shuningdek, maqolada jinoiy ravishda homila tushirish jinoyatining obyektiv tomoni jinoyat huquqi mutaxassislari fikrlari asosida tahlil qilingan va muallif ushbu olimlar fikrlariga ilmiy yondashib, o‘z qarashlarini ilmiy tahlil asosida yoritgan. Bundan tashqari, maqolada homilador ayollarning reproduktiv salomatligi va huquqlarini turli tajovuzlardan himoya qilish masalasi aks etgan 1948-yilgi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, 1950-yilgi Tibbiy abortlar to‘g‘risidagi va 1993-yilgi Ayollarga nisbatan zo‘rlikni tugatish to‘g‘risidagi deklaratsiyalar ham keltirib o‘tilgan. Ushbu hujjatlarda davlatning ayollarga nisbatan zo‘ravonlik harakatlarining oldini olish, tergov qilish, jabrlanuvchilarning huquqlarini himoya qilish va aybdorlarni jazolashga munosib darajada e’tibor qaratishi shartligi belgilab qo‘yilganligi bayon qilingan. Maqolada jinoiy ravishda homila tushirish jinoyatining 2014–2022-yillardagi statistikasi tadqiqot ishi yuzasidan o‘rganilgan hukmlar asosida tahlil qilib berilgan. Shuningdek, jinoiy ravishda homila tushirish bilan bog‘liq jinoyat uchun javobgarlik nazarda tutilgan qonunchilik normalarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy asoslantirilgan xulosa va takliflar taqdim etilgan.
Other Books From - 12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
About the author
Orqaga