
Insoflilik tamoyilining mazmun-mohiyati va uning huquqiy tavsifi
Insoflilik tamoyili qadimgi xalqlardan to bugungi davrga qadar dunyo xalqlarining
ijtimoiy munosabatlarini tartibga solishda muhim omil sifatida qo‘llanib kelingan. Insoflilik tamoyili
har bir huquqiy munosabatlar uchun o‘ziga xos huquq va majburiyatlarni belgilovchi, umumiy
xususiyatga ega bo‘lgan, muayyan mazmundagi xatti-harakatlar me’yorini ifodalamasa-da, turli
huquqiy munosabatlar mazmunini himoya qilish va amalga oshirishni ta’minlashdagi ahamiyati
katta. Insoflilik tamoyili haqiqat, huquqlarga hurmat va majburiyatlarga sodiqlik, o‘z harakatlarining
natijalarini anglab yetish, boshqa shaxslarning manfaatlaridan o‘z manfaatlarini ustun qo‘ymaslik,
uchinchi shaxslarga zarar yetkazishdan tiyilishni nazarda tutuvchi tamoyildir. U ijobiy deb hisoblangan
va jamiyat manfaatlariga mos keladigan qoida, normalarga rioya qiladigan huquqiy munosabatlar
ishtirokchilarining xatti-harakatlari bilan tavsiflanadi. Ammo qonun hujjatlarida bu tamoyil turli
atamalar bilan birlashtirib qo‘llanilishiga qaramay uning mohiyati mavhum, chegaralari noaniq va
foydalanish mezonlari mavjud emas. Ya’ni o‘zining mavhum va umumiyligi tufayli uni qonuniy yo‘l
bilan aniqlashda qiyinchiliklar mavjud. Natijada sud amaliyotida bu tamoyil har doim ham to‘g‘ri talqin
qilinmasligi yoki to‘g‘ri ma’noda ifodalanmasligi mumkin. Maqolada muallif insoflilik tushunchasi va
tamoyilining mazmun-mohiyatini ochib berish uchun huquqiy doktrinalardan unumli foydalanadi.
Shuningdek, rim huquqi, islom huquqi, anglo-sakson huquqiy tizimlaridagi insoflilik tamoyili va huquqiy
tavsifini o‘rgangan holda, ushbu tamoyilni amaldagi huquqiy tizimda qo‘llashda ahamiyatga molik
masalalar haqidagi fikrlarni ilgari suradi.
Other Books From - 12.00.01 - Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi








About the author

Other Books By - Tadjibayeva Maxsuda Rustamjonovna
Orqaga