No Image Available

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar uchun javobgarlik choralarini takomillashtirish

 Format: Ilmiy maqola  Tur: “Yuridik fanlar axborotnomasi - Вестник юридических наук - Review of Law Sciences” ilmiy-amaliy huquqiy jurnali, 2024-yil 2-son  Muallif: Otajonov Abrorjon Anvarovich  Soha: 12.00.07 - Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura  Ta'lim bosqichi: Oliy ta'limdan keyingi ta'lim  Nashriyot: Toshkent davlat yuridik universiteti  Chop etilgan sana: 24.06.2024  Davlat: O'zbekiston  Tillar: O'zbek  Kalit soʻzlar: giyohvandlik vositalarigiyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishgiyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarning analoglarikoʻp miqdoroz miqdorozginadan koʻp miqdorprekursorlarpsixotrop moddalar |  Download
 Tasnif:

Maqolada giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar, ularning analoglari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar boʻyicha qonunni qoʻllash amaliyoti muammolari tahlil qilingan, ijtimoiy xavflilik xususiyatlari ochib berilgan, xalqaro hujjatlarga moslashtirish zarurati va ushbu turdagi jinoyatlar uchun javobgarlikni takomillashtirish istiqbollari muhokama qilingan. Tadqiqot natijasida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar, ularning analoglari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi jinoyat qonuni normalarini tartibga solishdagi mavjud boʻshliqlar va qarama-qarshiliklar aniqlangan. Xususan, Jinoyat kodeksining XIX bobida nazarda tutilgan jinoyatlar tuzilishi blanket xususiyatli boʻlib, biroq ushbu normalar ularning mazmunini aniqlab beruvchi “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi Qonunning normalari bilan nomuvofiq ekanligi hamda ushbu turdagi jinoyatlar uchun javobgarlikni belgilovchi normalar tuzilishining murakkabligi, ayrim normalarda turli jinoyat tarkiblari uchun javobgarlik belgilanganligi, shuningdek, qonunni qoʻllash amaliyotida ushbu turdagi jinoyatlar uchun javobgarlikni ogʻirlashtiruvchi aksariyat belgilarni qoʻllashda xatoliklarga yoʻl qoʻyilayotganligi va mazkur turdagi ayrim ijtimoiy xavfli qilmishlar uchun jinoiy javobgarlik oʻrnatilmaganligi hamda ularga qarshi kurashish sohasidagi mavjud xalqaro-huquqiy hujjatlarning ayrim talablari milliy qonunchilikda oʻz aksini topmaganligi kabilar qayd qilingan. Mazkur holatlar ayni paytda giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarga qarshi kurashish samaradorligiga hamda jinoyat qonunining ushbu turdagi normalarining amalda bir xilda qoʻllanmasligiga olib kelmoqda. Shundan kelib chiqqan holda maqolada giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga hamda aniqlangan muammolar va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.

Other Books From - 12.00.07 - Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura

About the author

Otajonov Abrorjon Anvarovich

ORCID: 0000-0003-3812-5696

Read More

 Orqaga