No Image Available

Big data tushunchasi va huquqiy tabiati

лв0
 Format: Elektron nusxa, Ilmiy maqola  Tur: “Yuridik fanlar axborotnomasi - Вестник юридических наук - Review of Law Sciences” ilmiy-amaliy huquqiy jurnali, 2023-yil 3-son  Muallif: Mamanazarov Sardor Shuxratovich  Soha: 12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq  Ta'lim bosqichi: Oliy ta'limdan keyingi ta'lim  Nashriyot: Toshkent davlat yuridik universiteti  Chop etilgan sana: 27.09.2023  Davlat: O'zbekiston  Tillar: O'zbek  DOI: https://dx.doi.org/10.51788/tsul.rols.2023.7.3./NNHN3157  Kalit soʻzlar: axborot mulki nazariyasiBig DataDataficationegalik qilishmoddiy qiymatmulk huquqimutlaq huquqoʻtkazishXalqaro standartlashtirish tashkiloti |  Download
 Tasnif:

Ushbu maqolada Big Data tushunchasi, kelib chiqishi, olimlarning fikrlari, Big Dataning huquqiy tabiati, xususiyatlari tavsifi va tahlili olib borilgan. Big Dataning huquqiy tabiati va maqomiga oid boʻlgan bir qancha yetakchi nazariyalar va konsepsiyalar oʻrganilgan. Axborot mulki nazariyasi (Information Property Theory (IPT), maʼlumotlarni toʻplash (Datafication) nazariyalarining mazmuni ochib berilgan. Big Dataning huquqiy maqomini belgilashda uning qiymati ahamiyati yoritilgan. Big Data moddiy qiymatini tushunish va tan olishda muhim boʻlgan bir nechta nazariya va konsepsiyalarga toʻxtalingan. Egalik Big Dataga boʻlgan mulk huquqining fundamental jihati (elementi) sifatida koʻrilib, maʼlumotlarga egalik huquqini aniqlashda turli yondashuvlarni taklif qiluvchi bir qancha nazariya va konsepsiyalar tahlil etilgan. Xususan, oʻzlashtirish nazariyasi, kirish va nazorat konsepsiyalari mazmuni ochib berilgan. Maʼlumotlarning hajmi, xilma-xilligi va ishlov berish tezligi kabi oʻziga xos xususiyatlari sababli Big Data huquqiy himoya sohasida yangi muammo va masalalarni vujudga keltiradi. Maʼlumotlarni huquqiy himoya qilish masalalari bilan shugʻullanuvchi xalqaro tashkilotlar faoliyati tahlil etilib, Big Dataga boʻlgan mulkiy huquqlarni oʻtkazish va uning huquqiy oqibatlari boʻyicha nazariya va konsepsiyalar qiyosiy oʻrganilgan. Oʻzbekistonda Big Dataning huquqiy maqomi va uning huquqiy asoslari yoritilib, mavjud qonunchilik tahlil etilgan.

Other Books From - 12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq

About the author

Mamanazarov Sardor Shuhratovich

ORCID: 0009-0004-5855-6498

Read More

 Orqaga