Big data sohasida sunʼiy intellektning huquq va majburiyatlari: muammolar hamda yechimlar
Ushbu maqola Big Data sohasida maʼlumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish jarayonida sunʼiy intellektning (SI) huquq hamda majburiyatlarini tartibga solishdagi muammolar, potensial yechimlarni muhokama qilishga bagʻishlangan. Tadqiqot kompleks metodologiyani qoʻllagan holda Big Data sohasida sunʼiy intellektning huquq va majburiyatlarini tartibga solishning huquqiy hamda axloqiy jihatlarini oʻrganadi. Maqolada SIni qoʻllashda javobgarlik, shaffoflik, kamsitmaslik va shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilishning huquqiy, axloqiy jihatlari koʻrib chiqiladi. Mavjud huquqiy asoslar oʻrganiladi va ularni takomillashtirish boʻyicha zarur choralar taklif etiladi, jumladan, maxsus qonunchilikni ishlab chiqish, mustaqil audit mexanizmlarini yaratish, shaffoflik va hisobdorlikka oid talablarni belgilash, shuningdek, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish kabilar qayd etiladi. SIni tartibga solishda shaffoflik va hisobdorlik prinsiplarining roliga alohida eʼtibor qaratiladi. Shuningdek, tartibga solishning huquqiy va axloqiy jihatlarini yanada rivojlantirish uchun takliflar beriladi. Xususan, SI tizimlarini ishlab chiquvchilar, operatorlarining burch va masʼuliyatlarini belgilovchi maxsus standartlarni joriy etish hamda SI tizimlarini mustaqil ekspertizadan oʻtkazish va audit qilish mexanizmlarini yaratish shular jumlasidan. Tadqiqotda raqamli davrda innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish va inson huquqlarini himoya qilishni taʼminlaydigan samarali, muvozanatli tartibga solish tizimini yaratish zarurligi toʻgʻrisida xulosalar qilinadi.
Other Books From - 12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Fuqarolik huquqida benefitsiar mol-mulkning fuqarolik-huquqiy maqomi
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Raximova Dilorom Xaitbayevna
Jahon savdo tashkiloti doirasida savdoni xalqaro xususiy-huquqiy tartibga solish (Oʻzbekiston misolida)
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Yakubov Aybek Baxramovich
Katta raqamli ma’lumotlarni (Big Data) fuqarolik-huquqiy tartibga solish
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Tojiboyev Sarvar Zafarovich
MEROS MUNOSABATLARIDAN KELIB CHIQADIGAN NIZOLARINING TURLARI VA ULARNING HUQUQIY TABIATI
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Soliyeva Kamola Rustamjon qizi
Elektron oldi-sotdi shartnomaviy munosabatlarda axborot vositachisining fuqarolik huquqiy javobgarligi
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Zarifa Ubaydullaeva
The Role of International Cooperation in Combating Cryptocurrency-Facilitated Darknet Markets
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq, 12.00.10 - Xalqaro huquq
Abdullaeva Saboxat Asatullo qizi
Правовые Основы Обращения С Электронными Отходами В Законодательстве Республики Узбекистан
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Рахматова Дилафруз Ихтиёр кизи
ISLOM MOLIYASI NORMALARIGA MUVOFIQ MUDORABA SHARTNOMASIDA KAPITAL KAFOLATI MASALALARI
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Qilichova Munira Azimjon qizi
About the author
Orqaga