Nizolarni tinch yо‘l bilan hal qilish vositasi sifatida xalqaro tergov komissiyalari tuzishning xalqaro-huquqiy asoslari
О‘tgan asrning boshlarida xalqaro tergov komissiyalari dastlab davlatlar tomonidan xalqaro nizolarni tinch yо‘l bilan hal etishga kо‘maklashish maqsadida tuzila boshlangan. Xalqaro hamjamiyatda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashkil etilgandan sо‘ng xalqaro tergov komissiyalari xalqaro maydonda inqirozli vaziyatlarni tekshirish, xalqaro huquq doirasida buzilgan holatlar haqida tо‘liq xabardor bо‘lish va aybdorlarning aybdorlik masalalarini hal qilish maqsadida tuzib kelinmoqda. Shu bilan bir qatorda xalqaro tergov komissiyalari faoliyatiga bugungi kunda genotsid, insoniyatga qarshi jinoyatlar, urush jinoyatlari, inson huquqlarining buzilishlari bilan bog‘liq vaziyatlarni о‘rganish va tergov qilish maqsadida kо‘proq ehtiyoj sezilmoqda. Bir sо‘z bilan aytganda, xalqaro tergov komissiyalari xalqaro huquqning inson huquqlari, xalqaro gumanitar huquq va xalqaro jinoyat huquqi sohalarida sodir etilgan huquqbuzarliklarni о‘rganish maqsadida murojaat etiladigan xalqaro huquq institutlaridan biri bо‘lib qoldi. Komissiyalar tuzish, о‘z navbatida, xalqaro huquqda о‘zining huquqiy asoslariga ega. Ushbu maqolada muallif xalqaro tergov komissiyalari tuzishning huquqiy asoslari va samarali faoliyatini ilmiy asoslab bergan. Shuningdek, mazkur faoliyatni yanada rivojlantirish bilan bog‘liq fikrmulohazalar yuritgan.
Other Books From - 12.00.10 - Xalqaro huquq
O‘zbekiston kvant huquqining rivojlanish istiqbollari
12.00.10 - Xalqaro huquq
Abdixakimov Islombek Bahodir o‘g‘li
Xorijiy davlatlar sud qarorlarini tan olish va ijro etish bo‘yicha xalqaro-huquqiy hamkorlik
12.00.10 - Xalqaro huquq
Xaliqulov Komoliddin Nosirovich
Jahon Savdo Tashkilotining subsidiyalar haqidagi qoidalarini huquqiy tartibga solinishi va ularni O‘zbekiston qonunchiligida tatbiq etilishi
12.00.10 - Xalqaro huquq
Toyirov Azizbek Tolibovich
Raqamli davrda intellektual mulkka bo‘lgan huquqlarni xalqaro-huquqiy ta’minlash muammolari
12.00.10 - Xalqaro huquq
Tillaboyev Shohruxbek Mirzatillo oʻgʻli
The Role of International Cooperation in Combating Cryptocurrency-Facilitated Darknet Markets
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq, 12.00.10 - Xalqaro huquq
Abdullaeva Saboxat Asatullo qizi
Procedural Rights and Obligations of Parties in Constitutional Court Proceedings: International Experience and National Perspectives
12.00.10 - Xalqaro huquq
Nurmamatova Noila Doniyorovna
The International Legal Framework for Combating Money Laundering and Terrorist Financing Related to Crypto Assets
12.00.10 - Xalqaro huquq
Abdullayeva Saboxat Asatullo qizi
ISSUES OF IMPROVING INTERNATIONAL LEGAL MECHANISMS TO COMBAT TRANSNATIONAL CRIMES TARGETING CRYPTOASSETS
12.00.10 - Xalqaro huquq
Abdullaeva Saboxat Asatullo qizi
About the author
Orqaga