Tasnif:

Ushbu maqolada ma’muriy akt tushunchasi, uning o‘ziga xos xususiyatlari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, nazariy va amaliy izlanishlar natijasi sifatida O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonuni uchun bir qancha taklif va tafsiyalar keltirilgan. Ma’muriy tartib-taomillarning davlat boshqaruv sohasidagi o‘rni va ahamiyati, ma’muriy organlar tomonidan chiqariladigan ma’muriy aktlarning belgilari, o‘ziga xosligi va ahamiyati borasida ilmiy asoslangan tahlillar keltirilgan. Shu bilan birga, ma’muriy aktning qo‘llanilishi, ma’muriy aktning ma’muriy huquqdagi o‘rni va ahamiyati batafsil yoritib berilgan. Bundan tashqari, ma’muriy aktni o‘zgartirish va bekor qilishning o‘ziga xos xususiyatlari, tartib-taomillari va ahamiyati borasida xorijiy va milliy olimlarning ilmiy izlanishlari va xulosalari tahlil qilingan va o‘rganib chiqilgan. Shuningdek, ma’muriy aktni manfaatdor shaxsning shikoyati va arizasiga ko‘ra o‘zgartirish va bekor qilish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa organlar tomonidan o‘zgartirilishi va bekor qilinishining o‘ziga xos xususiyatlari va qonunchilikda aks etishi borasida ilmiy asoslangan fikrlar berilgan. Shu bilan birga, rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqqan xulosalar asosida qonunchiligimizga takliflar va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Other Books From - 12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi

About the author

Saidazimov Yusuf Sodiq o‘g‘li

ORCID: 0000-0001-7134-0094

Read More

Other Books By - Saidazimov Yusuf Sodiq o‘g‘li


 Orqaga