No Image Available

Intellektual mulk obyektlariga nisbatan huquqlar va qonuniy manfaatlarni sud orqali himoya qilish institutsional va huquqiy tizimining mohiyati, zaruriyati va umumiy tavsifi

лв0
 Format: Elektron nusxa, Ilmiy maqola  Tur: “Yuridik fanlar axborotnomasi - Вестник юридических наук - Review of Law Sciences” ilmiy-amaliy huquqiy jurnali, 2022-yil 2-son  Muallif: Okyulov Omonbay  Soha: 12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq  Nashriyot: Toshkent davlat yuridik universiteti  Chop etilgan sana: 19.07.2022  Davlat: O'zbekiston  Tillar: O'zbek  Ta'lim bosqichi: Oliy ta'limdan keyingi ta'lim  Kalit soʻzlar: ijodiy faoliyat natijalariilmiy suverenitetintellektual mulkma’muriy tartibdagi himoyamualliflik huquqimutlaq huquqlarpatent huquqisud orqali himoyasudgacha himoya tartibi | More Details  Download
 Tasnif:

Fuqarolik huquqlari tizimida intellektual mulk obyektlariga nisbatan huquqlar va qonuniy manfaatlar anʼanaviy fuqarolik huquqlari bo‘lgan mulk huquqi, majburiyat huquqi, delikt majburiyatlarga nisbatan yaqinda vujudga keldi, deb aytish mumkin. Intellektual mulk obyektlariga nisbatan huquq egalarining o‘zlari ham bu huquqlar mazmunini to‘laqonli anglab, ulardan samarali foydalanish ko‘nikmasini hali-hanuz anglab yetgani yo‘q. Аgar intellektual mulkni ijtimoiy maʼnaviy hayotimizda va iqtisodiy rivojlanishda asosiy drayver, yaʼni harakatlantiruvchi kuch ekanini eʼtiborga olsak, bu sohada jiddiy, tizimli tadbirlarni amalga oshirishimiz lozim. Bu tizimli tadbirlar ichida intellektual mulk obyektlariga nisbatan sud orqali huquqiy himoya samarali amaliyoti va ko‘nikmalarini shakllantirish asosiy o‘rinni egallaydi. Tadqiqotda sudlarda intellektual mulk huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan huquq normalari hamda huquqshunos olimlarning ilmiy-nazariy qarashlaridan foydalanildi. Mavzu yuzasidan tegishli xulosa va tavsiyalar berildi.

Other Books From - 12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq

About the author

Okyulov Omonbay

ORCID: 0000-0001-8420-0365

Read More

 Orqaga