Bojxona sohasidagi jinoyatlarni sodir etgan shaxsning kriminologik tavsifi yuzasidan mulohazalar
Mazkur maqolada bojxona sohasidagi jinoyatlarni sodir etgan shaxsning kriminologik tavsifi masalalari tahlil qilingan. Bunda ijtimoiy-biologik, ijtimoiy-demografik va ijtimoiy-psixologik ma’lumotlarning jamlanishiga asoslanib, bojxona sohasidagi jinoyatlarni sodir etgan jinoyatchining shaxsiga tavsif berilgan. Xususan, bunday jinoyatlar odatda turmush qurgan, farzandli, o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan, kasbiy yoki tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi, moliyaviy barqaror erkak shaxs tomonidan sodir etilishi aniqlangan. Shuningdek, bojxona sohasidagi jinoyatlarni jinoyatchi shaxsining yosh ko‘rsatkichlarini inobatga olgan holda uchta toifaga ajratish tavsiya etilgan: 1) JK 130-, 1301-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar asosan 18–30 yoshdagi shaxslar tomonidan; 2) JK 182-, 184-, 246-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar asosan 30–60 yoshdagi shaxslar tomonidan; 3) JK 2443-, 2444- va 2501-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar asosan 18–60 yoshdagi shaxslar tomonidan sodir etiladi. Bundan tashqari, profilaktika tadbirlarini ishlab chiqishda JK 130-, 1301-, 2443-, 2501-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘rtasida, JK 182-, 184-, 2444- va 246-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar bo‘yicha ham O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, ham mamlakatimizga tashrif buyuradigan chet el fuqarolari o‘rtasida targ‘ibot ishlarini amalga oshirish tavsiya etilgan.
Other Books From - 12.00.09 - Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi
About the author
Other Books By - Yermashev Jengis Maratovich
Orqaga