Bezorilik: jinoiy-huquqiy kvalifikatsion muammolar
Ushbu maqolada bugungi kunda bezorilik jinoyatlari boʻyicha surishtiruv va dastlabki tergov oʻtkazishda uchrayotgan kvalifikatsion muammolar, isbotlash jarayonining oʻziga xos jihatlari va mazkur masalalarni huquqiy tartibga solish jihatlari, jabrlanuvchi shaxsi, uning huquqlari va mavzuga doir boshqa masalalar tadqiq etilgan. Shuningdek, maqolada bezorilik jinoyatlarini mayda bezorilik huquqbuzarligidan farqlovchi kvalifikatsion chegarasi, bezorilik hamda mayda bezorilikning dispozitsion sharhi yoritib berilgan. Bundan tashqari, maqolada bezorilik jinoyati va mayda bezorilik huquqbuzarligi dispozitsiyasida keltirilgan noaniq jumlalarni bugungi kundagi disreksion talqin etilish holatlari amaliy misollar bilan yoritilgan. Shu bilan birga, bezorilik jinoyati boʻyicha “Jamoat joyi” tushunchasining qonunlarda yakdil sharhi berilmaganligi tanqid qilinib, ushbu jumlaga huquqiy taʼrif ishlab chiqilgan. Bunda jamoat joyi tasnifi ham keltirilib, qonunchilikda jamoat joyi hisoblanmagan joylarning qatʼiy roʻyxati berilishi lozimligi isbotlangan. Tadqiqotda analiz, sintez, induksiya, deduksiya, qiyosiy-huquqiy tahlil kabi metodlar qoʻllangan. Tadqiqot ishida ilgʻor xorijiy tajriba, ilmiy-nazariy qarashlar va tergov hamda sud amaliyoti oʻrganilgan, buning natijasi oʻlaroq Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga va boshqa qonun hamda qonunosti hujjatlarga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Other Books From - 12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Davlat chegarasini kesib o‘tish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikni amalga oshirishda hudud masalasi
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Ushbu monografiyada O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat qonunining hudud bo‘yicha amal qilishi bilan bog‘liq nazariy ma’lumotlar umumiy tavsifi va O‘zbekiston Respublikasi hududi bilan bog‘liq retrospektiv tahliliy ma’lumotlar, davlat chegarasini kesib o‘tish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikni amalga oshirishda hudud masalasi amaldagi qonunchilik bayoni hamda ayrim xorijiy davlatlarnining jinoyat qonunining hudud bo‘yicha amal qilishi bilan bog‘liq masalalarni milliy qonunchilik bilan umumiylik va o‘ziga xoslilik jihatllari bo‘yicha qiyosiy-huquqiy tahlil o‘tkazish orqali o‘rganilgan. Ushbu monografiya oliy o‘quv yurtlari talabalari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari uchun mo‘ljallangan.
Qasddan badanga engil shikast etkazish jinoyatlarining barvaqt oldini olish boʻyicha Toshkent shahar Yashnobod tuman metodikasi
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Xojabekov Palmurza Kalmurzaevich, Hamidov Nurmuhammad Orif o‘g‘li
Oʻgʻrilik, qarshi kurashish va barvaqt oldini olish boʻyicha (Toshkent shahri Yashnobod tumani misolida) ilmiy-amaliy metodika
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Xudaykulov Feruzbek Xurramovich, Mirzayev G‘iyosbek Isroil o‘g‘li
Yoʻl-transport hodisalarining barvaqt oldini olish boʻyicha Yashnobod tumani boʻyicha huquq metodikasi
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Kurbanov Ma’rufjon Mamadaminovich, Shamsidinov Zayniddin Ziyoovidinovich
Jinoyat subyekti fakultativ belgilarining nazariy va amaliy jihatlari
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Karaketova Dilnoza Yuldashevna
Kiberfiribgarlikdan himoyalanish bo‘yicha amaliy metodik qo‘llanma
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Karimov Boburjon Zokirjonovich
Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish jinoyatining jinoiy-huquqiy jihatlari
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Siddiqjonov Muxtorjon Alisher oʻg‘li
Oʻzbekiston SSRda bezorilikka qarshi kurash qonunchiligi va amaliyotini takomillashtirish
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Umurov T U
About the author
Other Books By - Mirzaraimov Sardor Taxirovich
Orqaga
Bezorilik: huquqni qo‘llash muammolari
Bezorilik jinoyatlarini tergov qilish metodikasini takomillashtirish