Bezorilik: huquqni qo‘llash muammolari
Ushbu maqolada bugungi kunda bezorilik jinoyatlari bo‘yicha surishtiruv va dastlabki tergov o‘tkazishda uchrayotgan kvalifikatsion muammolar, isbotlash jarayonining o‘ziga xos jihatlari va mazkur masalalarni huquqiy tartibga solish jihatlari, jabrlanuvchi shaxsi, uning huquqlari hamda mavzuga doir boshqa masalalar tadqiq etilgan. Shuningdek, maqolada bezorilik jinoyatining dispozitsion sharhi, unda berilgan ayrim jumlalarni qo‘llashda mavjud muammolar huquqiy sharhlanib, ularning huquqiy ta’rifi qonunchilikda aks etishi lozimligi borasidagi takliflar berilgan. Shuningdek, bezorilik jinoyatining dispozitsiyasi va og‘irlashtiruvchi holat hisoblangan “umum e’tirof etilgan axloq qoidalarini namoyishkorona mensimaslikda ifodalanuvchi o‘taketgan behayolik” jumlasi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 8-avgustdagi “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida”gi O‘RQ–860-son Qonunining 13-moddasiga muvofiq, noaniq jumla sifatida qayd etilgani hamda uni amaliyotda diskretsion vakolatlarga sabab bo‘layotgani huquqiy, tahliliy yoritilgan, muammoning huquqiy yechimi sifatida mazkur jumlaga ilmiy-huquqiy ta’rif ishlab chiqilib, uning Jinoyat kodeksining 8-bo‘limiga atamalarning izohli sharhida qayd etilishi lozimligi borasidagi xulosaga kelingan. Tadqiqotda analiz, sintez, induksiya, deduksiya, qiyosiy-huquqiy tahlil kabi metodlar qo‘llangan. Tadqiqot ishida ilg‘or xorijiy tajriba, ilmiy-nazariy qarashlar va tergov hamda sud amaliyoti o‘rganilgan, buning natijasi o‘laroq O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga va boshqa qonun hamda qonunosti hujjatlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Other Books From - 12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish jinoyatining jinoiy-huquqiy jihatlari
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Siddiqjonov Muxtorjon Alisher oʻg‘li
Oʻzbekiston SSRda bezorilikka qarshi kurash qonunchiligi va amaliyotini takomillashtirish
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Umurov T U
Dastlabki tergov va surishtiruvni toʻxtatib turish
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Alimjanov B G
Ittifoqdosh respublikaning jinoyat qonunchiligi sohasidagi vakolati
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Gulam Axmedovich Axmedov
Hukm ijrosini kechiktirish (O’zbekiston SSR materiallari asosida)
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Zakutskiy Aleksandr Sergeyevich
Jamoat tartibini saqlash bo’yicha hokimiyat vakillari va jamoatchilik faoliyatiga tajovuz qiluvchi jinoyatlarga qarshi jinoiy-huquqiy kurash
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Sulaymanov Murod Hazratkulovich
Hokimiyatni yoki xizmat mavqeini suiiste’mol qilishga qarshi kurashning jinoiy-huquqiy va kriminologik muammolari (O‘zbekiston SSR materiallari asosida)
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Axrarov Baxram Djabbarovich
Kompyuter jinoyatlari, jinoiy-huquqiy va kriminologik jihatlar
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Rasulev Abdulaziz Karimovich
About the author
Other Books By - Mirzaraimov Sardor Taxirovich
Orqaga
Bezorilik: jinoiy-huquqiy kvalifikatsion muammolar
Bezorilik jinoyatlarini tergov qilish metodikasini takomillashtirish